×

Fulbrayt chet tili o’qituvchi assistenti dasturi


Grant

MUHLAT

15.06.2015

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1875 marta

Umumiy ma’lumot:

Fulbrayt Chet Tili O‘qituvchi Assistenti (ChTO‘A) dasturi granti bir akademik yilga berilib, asosan avgust oyida boshlanib may oyigacha davom etadi. ChTO‘A ilmiy daraja BERILMAYDIGAN dastur bo‘lib, asosiy maqsadi AQSh kollejlari va universitetlarida chet tilidan dars berishni takomillashtirish, shu qatorda ingliz tili o‘qituvchilari yoki bo‘lg‘usi o‘qituvchilarning mahoratlarini takomillashtirish, ingliz tili bilimlarini oshirish hamda AQSh jamiyati va madaniyati to‘g‘risidagi tushunchalarini kengaytirishdir. ChTO‘A ishtirokchilari AQShdagi mezbon jamiyatlar bilan o‘zaro suhbatlarda, o‘quv dasturidan tashqari tadbirlarda va jamoa bilan bog‘liq ijtimoiy loyihalarda hamkorlik qiladilar. ChTO‘A ishtirokchilari ikki horijiy til bo‘yicha kurslarda ta’lim berishlari yoki yordam berishlari mumkin. Ishtirokchilar bir semestr davomida kamida ikki kurs o‘qishlari kerak, shundan bittasi amerikashunoslik fanlaridan bo‘lishi shart. Qolgan kurs ishlari ingliz tilidan dars berish faoliyatiga aloqador bo‘lishi lozim. ChTO‘A ishtirokchilarining madaniy tadbirlar o‘tkazishi, tilshunoslikka oid klublar va uchrashuvlar tashkil etishi ham ko‘zda tutilgan.

Tanlov talablari:

Nomzodlar –

  • Ingliz tili o‘qituvchilari yoki ingliz tili o‘qituvchiligiga o‘qiyotgan;
  • Ingliz tilini mukammal o‘zlashtirgan bo‘lib, 550 dan kam bo‘lmagan ballga ega bo‘lishlari (qog‘oz-asosidagi TOEFL uchun);
  • 213 (kompyuter asosidagi TOEFL – CBT);
  • 79-80 (internet asosidagi TOEFL – IBT) yoki
  • 6.0 (umumiy baho xalqaro Ingliz Tilini Test qilish Tizimi – IELTS);
  • Tanlov jarayoni davomida o‘z mamlakatlarida istiqomat qilishlari;
  • Etuklik, mustaqillik, to‘g‘ri so‘zlik va professionalizm kabi xususiyatlar egasi bo‘lishi lozim.
  • ChTO‘A ishtirokchilari to‘qqiz oylik dastur tugashi bilan o‘z mamlakatlariga qaytishlari shart. Muddatni cho‘zish bo‘yicha so‘rovlar qoniqtirilmaydi.
  • Ishtirokchilar qaramog‘idagi shaxslar ushbu dasturda unga hamrohlik qila olmaydilar.

Dastur tomonidan ta’minlanadigan ehtiyojlar:

Barcha ChTO‘A ishtirokchilari oylik stipendiyalar, kasallik va baxtsiz hodisalar ehtimoliga qarshi sug‘urta to‘lovlari, safar xarajatlari uchun mablag‘lar bilan ta’minlanadilar.

Qo’shimcha ma’lumot uchun manba: SHU YERDA

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!