×

Germaniyada magistratura darajasida o’qish uchun «DAAD» grantlari


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

20739 marta

Germaniya Akademik Almashinuv Xizmati (DAAD) rivojlanayotgan davlatlardan bo’lgan talabalarga Germaniya universitetlarida magistratura va undan yuqori darajalar bo’yicha o’qish uchun grantlar taqdim etadi. Dastur quyidagi sohalarni qamrab oladi:

  • Iqtisodiyot va biznes (Economic Sciences / Business);
  • Siyosiy iqtisodiyot va boshqaruv (Administration / Political Economics);
  • Taraqqiyot hamkorligi (Development Co-operation);
  • Muhandislik va unga aloqador fanlar (Engineering and Related Sciences);
  • Matematika (Mathematics);
  • Hududiy boshqaruv (Regional Planning);
  • Qishloq xo’jaligi va O’rmonchilik (Agriculture and Forest Sciences);
  • Ekologiya va atrof-muhit (Environmental Sciences);
  • Meditsina va jamoatchilik sog’ligi (Medicine and Public Health);
  • Veterinar tibbiyoti (Veterinary Medicine);
  • Ijtimoiy fanlar va ta’lim (Social Sciences and Education);
  • Jurnalistika (Media Studies).

Grant kimlar uchun?

BAKALAVR DARAJASIGA EGA BO'LGANLAR UCHUN

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

«DAAD» dasturi to’liq va qisman bo’lgan grantlarni taqdim etadi. O’z hisobidan o’qish niyatida bo’lgan talabalar ham «DAAD» orqali hujjat topshirishi mumkin. Bunday talabalarning qabul qilinishi imkoniyati grant so’ragan talabalarnikiga qaraganda yuqoriroq bo’ladi.

Talablar:

Kimlar topshirishi mumkin:

  • Arizachi rivojlanayotgan davlatlardan bo’lishi kerak. Ular orasida O’zbekiston ham bor;
  • Arizachilar yoshiga cheklov qo’yilmagan, ammo o’qishni bitirgandan keyin o’rtada olti yildan ko’p vaqt o’tmagan bo’lishi kerak;
  • Bakalavrni tamomlagandan so’ng kamida 2 yillik mehnat tajribasiga ega bo’lishi kerak;
  • Tegishli tilni bilishi kerak. Ta’lim nemis yoki ingliz tilida olib boriladi.
  • Ingliz tilida o’qish uchun ariza to’ldirayotganlar TOEFL PBT testidan 550, CBT dan 213 yoki IBT dan 80 bal; yoxud IELTS testidan 6 bal olganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim qilishi lozim. (Ba’zi kurslar uchun talablar farq qilishi mumkin).
  • Nemis tilida o’qishni istovchilar DSH 2 yoki TestDaF 4 ko’rsatkichlariga ega bo’lishi, ariza topshirayotgan payti nemis tili malakasi A2 darajasida bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish tartibi:

Anketa va qo’shimcha hujjatlar to’g’ridan to’g’ri universitetlarga yuborilishi kerak. «DAAD» dasturida qatnashayotgan universitetlar va ular taqdim etadigan o’quv yo’nalishlari haqida SHU YERDAN batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Universitet anketasiga qo’shimcha ravishda grant dasturi uchun quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:

  • DAAD arizasi (SHU YERDA);
  • Rezyume – qo’lda imzo chekishingiz kerak (Yevropass rezyumesi nusxasini SHU YERDAN olishingiz mumkin);
  • O’qishdan maqsadlaringizni ifodalovchi qisqa insho – qo’lda imzo chekishingiz kerak;
  • Sohangiz bo’yicha ilmiy izlanish va qiziqishlaringiz aks etgan insho (agar universitet talab qilsa);
  • Universitetingizdagi o’qituvchingizdan tavsiyanoma (Unga imzo va muhr bosilishi kerak);
  • Ish joyingizdagi rahbaringizdan tavsiyanoma (Unga imzo va muhr bosilishi kerak);
  • Ish joyingizdan mehnat stajingizni va ishlashingizni tasdiqlovchi ma’lumotnoma (Iloji bo’lsa, qaytib kelib yana shu yerda ishlashni davom ettirishingiz mumkinligini kafolatlovchi ma’lumotni ham qo’shish kerak);
  • Tilni bilishingizni isbotlovchi sertifikat nusxalari (Minimum bal talablari yuqorida yozilgan);
  • Diplomingizning nusxasi;
  • Diplomning baholar varaqasidan nusxa;
  • Maktab shahodatnomasining nusxasi.

Ariza topshirish muhlati:

Hujjatlarni topshirish muhlati universitetlarga qarab har xil bo’ladi. Har bir o’quv yo’nalishi bo’yicha grantlarga hujjat topshirishning so’nggi muhlati haqida SHU YERDAN to’liq ma’lumot olishingiz mumkin.

Anketa va qo’shimcha hujjatlarni topshirishning aniq tartibi haqida to’g’ri ma’lumotni o’zingiz topshirmoqchi bo’lgan universitetdan olasiz.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!