Germaniyada Xorijiy Madaniy Aloqalar bo’yicha stajirovka dasturi

0
2 175 marta o'qildi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: Germaniya Ariza topshirish muhlati:  2018-yilning 12-yanvarigacha Kim uchun: Barcha

Umumiy ma’lumot: Dastur Germaniya Tashqi Ishlar Federal Boshqarmasi bilan hamkorlikda madaniyatlar almashinuvi hamda Germaniya bilan Islom olami mamlakatlari o’rtasidagi aloqalarni kuchaytirish maqsadida tashkil qilingan. U yosh mutaxassis va volontyorlarga quyidagi sohalar bo’yicha stajirovka uchun grant yutish imkonini beradi:

  • -siyosat, jamiyat va ta’lim
  • -inson huquqlari va tinchlik qurilishi
  • -davomiy taraqqiyot
  • -OAV va madaniyat

Dasturda Germaniya va Osiyodagi 30 ta davlat (jumladan, O’zbekiston) vakillari ishtirok etishlari mumkin. Grant kamida 8 haftadan maksimum 3 oygacha muddatga beriladi. Grant miqdori: Yashash xarajatlari uchun 550 yevro. Bundan tashqari, IFA tomonidan quyidagilar ta’minlanadi:

  • -Germaniyada turar joy
  • -Sog’lik sug’urtasi
  • -Samolyot bileti(viza to’lovi bilan birga)
  • -borilgan shahardagi umumiy transport

Nomzodlarga qo’yilgan talablar:

  • yuqorida ko’rsatilgan sohalar bo’yicha o’z davlatida kamida ikki yillik mutaxassislik yoki volontyorlik tajribasiga ega bo’lishi;
  • 23-45 yosh oralig’ida bo’lishi;
  • sog’ligi yaxshi holatda bo’lishi;
  • Ingliz tilini bilishi( Nemis tilini bilish qo’llab-quvvatlanadi, lekin majburiy emas) kerak.

Hujjat topshirish tartibi:

  • Arizalar faqat dastur rasmiy saytidagi onlayn portal orqaligina qabul qilinadi
  • Arizaga qo’shimcha tarzda jo’natilishi kerak bo’lgan hujjatlar quyidagilar:
  • -motivatsion xat(namuna asosida)
  • -CV(hozirgi paytdagi lavozimni kiritgan holda)
  • -tavsiyanoma(namuna asosida)
  • -rasm(portret shaklida)

Arizalar qabul qilingach nomzodlar Germaniya elchixonasiga yoki Skype orqali intervyuga chaqiriladi. Natijalar 2018-yil aprel oyining oxirlarida e’lon qilinadi. Barcha savollaringizni crossculture@ifa.de electron pochtasiga yuborishingiz mumkin. Tavsiyanoma formasini SHU YERDAN, Motivatsiya inshosi formasini esa SHU YERDAN yuklab olishingiz mumkin.

To’liq ma’lumot uchun manba:  SHU YEDRA

Grantlar telegram kanaliga qo‘shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo‘lib, xabardor bo‘ling!