Germaniyaning Yena universitetida tabiiy fanlar bo’yicha doktorantura

5
124 marta o'qildi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: Germaniya

Ariza topshirish muhlati: 2015-yil 7-sentabr

Kim uchun: Tabiiy fanlar bo’yicha magistratura darajasiga ega bo’lganlar

Grant miqdori: To’liq qoplanadi

Dastur davomiyligi:  Uch yil

Umumiy ma’lumot:

Fridrix Shiller nomidagi Yena universiteti tabiiy fanlar bo’yicha magistratura darajasiga ega bitiruvchilarni doktorantura darajasida ilmiy tadqiqot qilishga taklif etadi. Ushbu dastur doirasida jami 16 ta talaba o’qishga qabul qilinadi.

Kim uchun:

Biologiya, kimyo, fizika, tibbiyot, bioinformatika va yer fanlari kabi sohalardan birida magistratura darajasini qo’lga kiritgan talabalar ushbu dasturda qatnashishi mumkin. O’ta iqtidorli va maqolalari ilmiy jurnallarda chop etilgan ayrim tadqiqotchilar dasturga faqat bakalavr darajasi bilan ham qabul qilinishi mumkin.

Doktorantura talabalari olib boradigan tadqiqot mavzulari bilan SHU YERDA batafsil tanishishingiz mumkin.

Grant miqdori:

Yashash va o’qish bilan bog’liq barcha xarajatlar qoplanadi.

Ariza topshirish tartibi:

1-bosqich:

Barcha nomzodlar arizalarni internet orqali SHU YERDA to’ldirib topshirishlari so’raladi. Arizaga qatnashchi haqida umumiy ma’lumotlardan tashqari ikkita tavsiyanoma, CV, bakalavr va magistratura diplomlari hamda diplom ilovalarining ingliz yoki nemis tiliga tarjima qilingan va notarius tasdiqlagan nusxalari yuklanishi kerak. Anketa to’ldirish uchun saytda ro’yxatdan o’tganingizda topshirilishi lozim bo’lgan barcha hujjat va ma’lumotlar haqida batafsil ma’lumot olasiz.

TOEFL yoki IELTS testi natijalarini topshirish talab qilinmagan, ammo ingliz tilini yaxshi bilishingizni suhbat davomida ko’rsatib bera olishingiz kerak.

2-bosqich:

Arizalari 1-bosqichdan muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlar bilan telefon orqali suhbat o’tkaziladi.

3-bosqich:

Suhbatdan muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlar so’nggi suhbat va tanishuv uchun Germaniyaga taklif qilinadi. Ularning kelish-ketish va bu yerda turish xarajatlari universitet tomonidan qoplanadi. Shundan so’ng kimlar qabul qilingani haqida so’nggi ma’lumot beriladi.

Anketa topshirish muhlati: 2015-yil 7-sentabr

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA

[info_box title=»» type=»success»]

«Grantlar.Uz» saytidan «EXCLUSIVE» xizmat

Yuqoridagi grant uchun anketa va hujjatlaringizni tayyorlashda

YORDAM OLISHNI XOHLAYSIZMI?

Aloqa:

E-mail: axborot@grantlar.uz

⇒ BATAFSIL MA’LUMOT ⇐

[/info_box]

5 Izohlar

  1. Maqsud,

    Anketani yuqorida berilgan manzil orqali o’zingiz internet orqali topshirishingiz mumkin.

  2. 2 ta tavsiyanoma kimlar tomondan berilgan bulsa yaxshiroq, uni ham tarjima qilib natarial tasdiqlash shartmi Universitet yoki Institut rektori nomidan berilib firmenniy blankaga yozilgan bulsa? Javob uchun oldindan raxmat/

  3. Durbek,
    Taviyanomani o’qituvchilardan olgan yaxshi. Agar ingliz yoki nemis tilida yozilmagan bo’lsa, rasmiy tarjima qildirish kerak.