×

Global Liderlar uchun AQShda Atlas Korps stipendiya dasturi


Grant

MUHLAT

30.12.2015

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1517 marta

Umumiy ma’lumot:

Atlas Korps stipendiya dasturi global liderlar uchun mo’ljallangan bo’lib, unda butun dunyodan bo’lgan yosh liderlar AQShda mezbonlik qiluvchi tashkilotlarda amaliyot o’taydi. Dastur 6 oydan 18 oygacha davom etishi mumkin. Dastur nodavlat/notijorat tashkilotlar va ijtimoiy sektor vakili bo’lgan yosh liderlarni unda ishtirok etishga taklif etadi. Ishtirokchilar dasturni tamomlagach o’z davlatlariga qaytib ketishlari talab qilinadi.

Kim uchun:

  • Arizalar butun dunyodan qabul qilinadi;
  • 35 yoshdan oshmaganlar;
  • 2-10 yil nodavlat/notijorat va ijtimoiy sektorda tajribaga ega;
  • Bakalavr darajasiga ega;
  • Ingliz tilini mukammal biladigan nomzodlar uchun.

Grant miqdori:

Dastur

  • yashash xarajatlari uchun oylik stipendiya;
  • tibbiy sug’urta;
  • safar xarajaltari;
  • viza xarajatlari bilan ta’minlaydi.

Ariza to’ldirish tartibi:

Ariza onlayn shaklda SHU YERDA to’ldiriladi.

Arizalar yil davomida qabul qilinadi.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!