Global Seul xekafonida qatnashish imkoniyati

1
104 marta o'qildi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: Janubiy Koreya

Ariza to’ldirish muhlati: 2015-yil 30-aprel

Kim uchun: 18-25 yosh oralig’idagi veb dasturchilari, dizaynerlar va yaratuvchilar

Grant miqdori: Qisman qoplanadi

Qachon: 2015-yil 29-iyuldan 1-avgustgacha

Umumiy ma’lumot:

Global Seul xekafoni ijtimoiy va texnologik o’zgartirish yasash uchun va yoshlarga xakercha fikrlashni singdirish uchun yaxshi imkoniyat. Bu tadbirni xakerlarning olimpiadasi desa ham bo’ladi. Xekafonda dunyo bo’ylab dasturchilar, dizaynerlar va ijtimoiy tadbirkorlar qatnashadi. Dastur jahon bo’ylab barcha lider va yaratuvchilarni birlashtirishni niyat qilgan.

Xekafon Janubiy Koreayning Seul shahri Gangam regionida bo’lib o’tadi. Xekafon 2015-yilning 29-iyulida boshlanib, 1-avgust kuni o’z nihoyasiga yetadi, ya’ni 36 soat davom etadi.

Kim uchun:

18-25 yosh oralig’idagi veb dasturchilar, veb dizaynerlar va yaratuvchilar unda qatnashishi mumkin. Agar harbiy xizmatga borganlar bo’lsa, ular xizmatda bo’lgan yili miqdorida yosh chegarasi uzaytiriladi. Xekafonda dunyoning barcha davlatlaridan ishtirokchilar qatnashishi mumkin.

Arizachilar mobil dasturlar, veb dasturlar, xardveyar yoki dizaynni xak qilish bo’yicha tajribaga ega bo’lishi kerak.

Dastur ingliz tilida bo’lib o’tadi, shuning uchun ishtirokchilardan ingliz tilini bilish talab etiladi. Ammo ingliz tilini bilishni tasdiqlovchi test natijalari talab etilmaydi. Dastur davomida nutq va muhim gaplarga ingliz-koreys yoki koreys-ingliz tilidan tarjimon bo’ladi.

Grant miqdori:

Dastur ishtirokchilarning safar xarajatlarini to’lab beradi. Ishtirokchilar uchun mehmonxonada joy ham olishadi, ammo mehmonxona xarajatlarini qoplash uchun ishtirokchi o’zi ham hissa qo’shishi kerak. Oziq-ovqat dastur tomonidan ta’minlanadi.

Dasturda yaxshi ishtirok etganlarga sovrinlar beriladi.

Ariza to’ldirish tartibi:

Ariza onlayn tarzda SHU YERDA to’ldiriladi.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA