«Hamkor jurnalist» tanlovi «Hamkor jurnalist» tanlovi
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mavzusidagi eng yaxshi jurnalistik ishlar uchun «Hamkor jurnalist» tanlovini e’lon qiladi. Tanlovning maqsadi: – jamiyatimizda axborotlashtirish,... «Hamkor jurnalist» tanlovi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mavzusidagi eng yaxshi jurnalistik ishlar uchun «Hamkor jurnalist» tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovning maqsadi:

– jamiyatimizda axborotlashtirish, «elektron hukumat», telekommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan loyihalarning fuqarolar hayoti va turmush tarzini qulaylashtirishdagi ahamiyatini keng targ‘ib qilish;

– aholining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, jumladan «elektron hukumat» tizimining yangi xizmatlari va qulayliklaridan xabardor qilish;

– OAV vakillarini rag‘batlantirish va jamoatchilik bilan aloqalarni mustahkamlash.

Tanlovda ishtirok etish:

Tanlovda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida, jumladan davlat va xususiy ommaviy axborot vositalari – gazeta, radio, televideniye, axborot agentliklarida va internet nashrlarida faoliyat olib boruvchi jurnalistlar 2017 yilning 15 aprelidan 25 avgustiga qadar e’lon qilingan o‘zbek yoki rus tillaridagi tahliliy-tanqidiy materiallari bilan ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

«Hamkor jurnalist» tanlovida ishtirok etish istagida bo‘lgan OAV vakillari jurnalistik ishlarini Vazirlik Axborot xizmatiga taqdim etishlari kerak bo‘ladi.

G‘oliblarni aniqlash:

Tanlovga taqdim etilgan jurnalistik materiallar televideniye, radio, bosma OAV, elektron OAV yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovning Hakamlar hay’ati tomonidan baholanadi.

Tanlovga taqdim etilgan jurnalistik materiallar Hakamlar hay’ati tomonidan quyidagi asosiy mezonlar bo‘yicha baholanadi:

– mavzuning dolzarbligi;

– mavzuning yoritilishi – tahliliy-tanqidiy jihati, aholi uchun foydalaliligi, sodda va tushunarliligi;

– jurnalistik yondashuv – fikr, xulosa hamda takliflar.

G‘oliblarni taqdirlash:

AKT mavzusida eng yaxshi jurnalistik ishlar uchun tanlovining birinchi o‘rin g‘oliblari:

– diplom;

– noutbuk;

– tanlov statuetkasi;

ikkinchi o‘rin g‘oliblari:

– diplom;

– planshet;

– tanlov statuetkasi;

uchinchi o‘rin g‘oliblari:

– diplom;

– smartfon;

– tanlov statuetkasi bilan taqdirlanadilar.

G‘oliblar sentyabr oyida tashkil etiladigan «AKT haftaligi» doirasida taqdirlanadilar.

Tanlovda ishtirok etish bilan bog‘liq ma’lumotlar bilan «Hamkor jurnalist» tanlovining nizomida batafsil tanishib chiqing.

Sohaga oid materiallar tayyorlash istagida bo‘lgan jurnalistlarga vazirlik Axborot xizmati tomonidan mavzu tanlash hamda mutaxassislarni jalb qilishda amaliy yordam ko‘rsatiladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 238 41-75, 238 43-47;

Vazirlik veb-sayti: www.mitc.uz

Grantlar telegram kanaliga qo`shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo`lib, xabardor bo`ling!

Fikr yo`q.

Birinchi bo'lib fikr bildiring.