×

Huquqshunoslik bo’yicha AQShda bir yillik magistratura dasturi


Grant

MUHLAT

15.01.2016

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1566 marta

AQShning Indiana shtatida joylashgan Notr Dam Universiteti huquq maktabi xalqaro talabalar uchun inson huquqlari bo’yicha maxsus magistratura va ilmiy izlanish imkoniyatini taklif etadi. Mazkur dastur inson huquqlari bo’yicha eng mashhur dasturlardan biri bo’lib, faoliyati davomida dunyoning turli davlatlaridan kelgan inson huquqlari faollari va yetuk huquqshunoslarni yetishtirgan.

Dastur bir yil davom etadi va o’qish so’ngida talabalar dunyoning turli chekkalarida inson huquqlari bilan ishlaydigan tashkilotlarda amaliyot o’tash imkoniyatiga ega bo’ladi. Mazkur amaliyot o’tash uchun ketadigan xarajatlar ham dastur tomonidan qoplanadi.

Grant kimlar uchun?

MAGISTRATURA BOSQICHIDA O'QIMOQCHI BO'LGANLAR UCHUN

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant miqdori:

  • O’qish xarajatlari;
  • Tibbiy sug’urta;
  • Arzon turar-joy;
  • Oylik stipendiya;

O’qish tugagandan keyin bo’ladigan amaliyot o’tash davomida ham stipendiya beriladi.

Talablar:

Kim uchun:

  • Huquqshunoslik bo’yicha bakalavr diplomiga ega bo’lgan yoki bitiruvchi kurs bo’lgan talabalar;
  • Ingliz tilini yaxshi biladigan;
  • Inson huquqlariga qiziqqan va shu sohada faoliyat ko’rsatishni istaydigan talaba va huquqshunoslar;

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza to’ldirish tartibi:

  • Onlayn ariza shakli SHU YERDA;
  • TOEFL yoki IELTS natijalari;
  • Diplomning baholar varaqasi va uning ingliz tiliga tarjimasi;
  • Dasturda qatnashishdan maqsadlari ifodalangan qisqa insho;
  • Rezyume;
  • Dasturning qo’shimcha ariza shakli SHU YERDA;
  • 3 ta tavsiyanoma;
  • Ariza berish to’lovi $75 (kredit karta yoki pochta orqali chekda yuborilsa bo’ladi). Mazkur to’lovni amalga oshirish uchun grantlar.uz ma’muriyati sizga yordam berishi mumkin. 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!