Ichki ishlar vazirligi turli soha vakillarini ishga qabul qiladi

0
2 610 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining erkin yollangan lavozimlariga ishga qabul e’lon qilinadi.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatda turuvchi va istiqomat qiluvchi, 35 yoshdan oshmagan, o‘zbek va rus tillarini yaxshi biladigan quyidagi mutaxassislar tanlov asosida ishga qabul qilinadi:

  • muharrir;
  • veb-dizayner;
  • telenazorat tizimi operatori;
  • ovoz rejissyori;
  • montajchi;
  • operator;
  • mutaxassis (grafika va animatsiya bo‘yicha);
  • muxbir;
  • fotomuxbir;
  • yorituvchi;
  • texnik;
  • haydovchi.

Nomzod o‘zi haqidagi rezyume va bog‘lanish uchun telefon raqami ko‘rsatilgan ma’lumotni pressa@mvd.uz elektron pochtasiga yuborishi mumkin.

Manba SHU YERDA.

Grantlar telegram kanaliga qo‘shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo‘lib, xabardor bo‘ling!