Ijtimoiy fanlar sohasida Germaniyada ilmiy tadiqoqot uchun Global stipendiya dasturi Ijtimoiy fanlar sohasida Germaniyada ilmiy tadiqoqot uchun Global stipendiya dasturi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin. Qayerda: Germaniya Ariza topshirish muhlati: 2015-yil 30-oktabr Kim uchun:  Ijtimoiy fanlar... Ijtimoiy fanlar sohasida Germaniyada ilmiy tadiqoqot uchun Global stipendiya dasturi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: Germaniya

Ariza topshirish muhlati: 2015-yil 30-oktabr

Kim uchun:  Ijtimoiy fanlar sohasida faoliyat yurituvchilar

Grant miqdori:  To’liq qoplanadi

Dastur davomiyligi: 4-6 oy

Umumiy ma’lumot:

Xalqaro Ijtimoiy Fanlar Kengashi (ISSC) hamda Berlin Ijtimoiy Fanlar Markazi (WZB) butun dunyodan bo’lgan ijtimoiy fanlar sohasida faoliyat yuritayotganlarni Global Stipendiya dasturiga taklik qiladi.

Dastur rivojlanayotgan davlatlardan bo’lgan ijtimoiy fanlar sohasida faoliyat yuritayotgan yoshlar, yosh olimlar va yosh professionallarga Germaniya to’rt oydan olti oygacha Ijtimoiy Fanlar Markazida ilmiy tadqiqot bilan shug’ullanish uchun hamda o’z bilimlarini kengaytirish va tajriba orttirish uchun imkoniyat yaratib beradi. Dasturdan maqsad, rivojlanayotgan davlatlardan bo’lgan ijtimoiy fanlar sohasidagi olimlarning yangi avlodini shakllantirish. Yosh olimlar kelajakda global muammolarga yechim topishi kutiladi.

Dasturga qabul qilingan ishtirokchilar:

  • Markazda omma uchun hamda ilmiy tadqiqotchilar uchun leksiyalar o’tkazish;
  • Markaz jurnallarida nashr qilinish uchun maqola yozish yoki ilmiy tadqiqot bilan shug’ullanish;
  • O’z bilimlarini boshqa akademiya vakillari bilan bo’lishish. Ba’zi hollarda ishtirokchilardan o’z sohalari yoki mavzulari bo’yicha talabalarga dars berish so’raladi.

Kim uchun:

  • Rivojlanayotgan davlatlardan bo’lgan;
  • Ijtimoiy fanlar sohasida doktorantura darajasiga ega va kamida 5 yillik tajribaga ega;
  • Doktorantura darajasiga ega bo’lmagan nomzodlar ilmiy tadqiqot olib borishda tajribasi borligini ko’rsata olish lozim;
  • Ingliz tilini bilish darajasini aniqlovchi test natijasiga ega bo’lish lozim (IELTS, TOEFL).

Grant miqdori:

  • Dastur davomida yashash va turar-joy xarajatlarini qoplash uchun stipendiya;
  • Ishtirokchining davlatidan Germaniyaga kelib-ketish xarajatlari;
  • Ilmiy tadqiqot uchun lozim bo’lgan sharoitlar: Markazda alohida ofis, kompyuter va texnik jihozlar hamda kutubxonadan foydalanish imkoniyatlari.

Ariza to’ldirish tartibi:

  • Dasturda qatnashishdan maqsadlarini ifodalagan bir betdan oshmagan qisqa insho;
  • Ilmiy tadqiqot uchun taklif (1000 so’zdan oshmagan);
  • Rezyume;
  • Ikkita tavsiyanoma;
  • Ingliz tilini bilishini tasdiqlovchi test natijasi.

Barcha ariza hujjatlari bitta pdf hujjati shaklida international.affairs@wzb.eu manziliga yuborilishi lozim.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA 

«Grantlar.Uz» saytidan «EXCLUSIVE» xizmat

Ushbu grant uchun anketa va hujjatlaringizni tayyorlashda

YORDAM OLISHNI XOHLAYSIZMI?

Aloqa:

E-mail: axborot@grantlar.uz

⇒ BATAFSIL MA’LUMOT ⇐