Ingliz tili o’qituvchilari uchun Vestminster universitetida yozgi maktab

16
106 marta o'qildi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: Toshkent

Ariza topshirish muhlati:  2015-yil 11-iyun soat 17:00

Kim uchun: Viloyatlardan bo’lgan ingliz tili o’qituvchilari

Grant miqdori: Turar-joy hamda kurs xarajatlari qoplanadi

Qachon:  2015-yil 22-26-iyun

Umumiy ma’lumot:

Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universiteti viloyatlardan bo’lgan ingliz tili o’qituvchilarini yozgi trening maktabiga taklif qiladi.

Yozgi maktab 2015-yil 22-26-iyun kunlari bo’lib o’tadi.

Kim uchun:

Dastur viloyatlardan bo’lgan va o’zining o’qitish bo’yicha bilim va mahoratlarini oshirishni istaydigan ingliz tili o’qituvchilari uchun ochiq.

Grant miqdori:

Dastur yozgi maktabda qatnashish xarajati, kurs materiallarini qoplaydi va ishtirokchilarga bepul turar-joy beradi. Toshkentga kelib-ketish xarajatlariga ishitiokchilarning o’zlari javobgar bo’ladi.

Ariza to’ldirish tartibi:

SHU YERDAN ariza shaklini yuklab olib, uning to’ldirilgan nusxasini a_makhmudov@wiut.uz manziliga 2015-yil 11-iyun soat 17:00 gacha yuborishingiz lozim.

Yozgi maktab bilan bog’liq savollaringiz bilan Aziz Makhmudovga +998 71 238 74 23 raqami orqali bog’lanishingiz mumkin.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA 

16 Izohlar

  1. o’qituvchilik diplomim yo’q lekin o’quv kurslarida dars beramen men ham qatnashsam bo’ladimi? Oldindan rahmat

  2. Doston,

    Dasturda qatnashish uchun kamida bakalavr darajsaiga ega bo’lish lozimligi haqida hech narsa deyilmagan. Anketada ham faqat ish joyingizni yozishingiz so’ralgan. Savolingizni aniq javob olish uchun yuqorida berilgan tel. raqamiga bog’lanib so’rashingizni tavsiya qilamiz.

  3. Umid,

    Bu haqda yuqorida berilgan telefon raqamiga qo’ng’iroq qilib so’rashingizni tavsiya qilamiz. Sertifikat beriladi, odatda, bunday treninglarda.

  4. Men Har juma kuni o’tkaziladigan Ingliz tili kurslarida trener Man. Men Ham qatnashsam bo’ladimi?

  5. Gulnora,

    O’zingizni ingliz tili o’qituvchisi deb hisoblasangiz, qatnasha olasiz.

  6. Maftuna,

    Buni tel. qilib so’rab ko’rishingizni tavsiya qilamiz. E’londa viloyatlik o’qituvchilar deb yozilgan.

  7. Salom.Men otgan yilgi treningda qatnashgan edim. Menga juda ham yoqdi Juda kop foydali experience ga ega buldim.Bu yil ham qatnashsam buladimi.THANKS A LOT.

  8. Muhammadali,

    Buni yuqorida berilgan tel. raqami orqali tashkilotchilardan so’rashingizni tavsiya qilamiz.

  9. Salom!
    Man application jo’natdim va uni javobini kutyapman. Bizni qachon xabardor qilishadi?
    Oldindan rahmat

  10. Yozgi kursga qabul qilinganlik to`g`risidagi natijalar qachon e’lon qilinadi? Ijobiy yoki salbiy bo`lishidan qat’iy nazar ham javoblar e-mail orqali ma’lum qilinadimi?

  11. Nigora va Barno.

    Kurs natijalari haqida yuqorida berilgan raqamga bog’lanib so’rashlaringizni maslahat beraman.

  12. Yana shunday semenar treyninglar qachon buladi kuzda xam buladimi iltimos malumot bersangiz