Inha universiteti 2017-yilgi kirish imtihonlarida tushgan savollar va ularning to‘g‘ri javoblarini e’lon qildi

    0
    3 431 marta o'qildi

    Toshkent shahridagi Inha universiteti o‘z sahifasida 2017-yildagi kirish imtihonlarida tushgan savollarni va ularning to‘g‘ri javoblarini e’lon qildi. Bundan maqsad Inha universitetida ta’lim olishni xohlovchilarni kirish imtihonida tushadigan savollar bilan tanishtirish, qiziquvchilarda savollarning qiyinlik darajasi haqida tasavvur hosil qilishiga ko‘maklashish hisoblanadi. Shuningdek, Inha universiteti saytidan 2014-, 2015-, 2016-yillardagi tayyorlov imtihonlari hamda kirish imtihonlarida tushgan savollar ro‘yxati va ularning to‘g‘ri javoblarini ham yuklab olish va ular bilan tanishish mumkin. Yuqorida sanab o‘tilgan yillarda imtihon jarayonida tushgan savollarni SHU YERDAN yuklab olishingiz mumkin. Grantlar telegram kanaliga qo‘shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!