×

Insholar tanlovi: Yutuq – noutbok, planshet va smartfon


Grant

MUHLAT

15.04.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

4666 marta

Respublika maktab o‘quvchilari o‘rtasida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan “Men yosh iste’molchiman” mavzusidagi respublika insholar tanlovi o‘tkaziladi.

Tanlovni o‘tkazishdan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini har tomonlama rivojlantirish orqali aholining ayniqa yoshlarning iste’mol madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ular o‘rtasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga doir qonun hujjatlari targ‘ibotini tizimli olib borish, shuningdek yoshlarning iste’molchi sifatida bilim va ko‘nikmalarini oshirish, eng zukko va iqtidorli iste’molchilarni aniqlash va rag‘batlantirish ko‘zlangan.

Grant kimlar uchun?

Maktab o’quvchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

1-3-o’rinlar quyidagicha mukofotlanadi:

1-o’rin – noutbok.
2-o’rin – planshet.
3-o’rin – smartfon.

Talablar:

Tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar:

  • maktab o‘quvchisi bo‘lishi (sinfi chegaralanmagan);
  • inshoni o‘zi mustaqil yozishi;
  • inshoga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasport nusxasi), o‘qish joyidan ma’lumotnoma, ikki dona rangli fotosurat taqdim qilinishi lozim.

Tanlov bosqichlari: Tanlov 3 bosqichda amalga oshiriladi:

1-bosqich: Tuman (shahar) bosqichi 2018 yilning 15 martidan 24 martigacha o‘tkazilib, unda I, II hamda III o‘rinni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar ko‘rik-tanlovning hududiy bosqichida qatnashishadi.

2-bosqich: 2018 yilning 26—31-mart kunlari bo‘lib o‘tadigan hududiy bosqichda 1—2-o‘rinni egallagan ko‘rik-tanlov ishtirokchilarining insholari tanlovning respublika bosqichiga tavsiya etiladi.

3-bosqich: Respublika bosqichi esa 2018 yil 2-15-aprel kunlari tashkillashtiriladi.

Insholar 100 balli mezonda baholanadi. Ijodiy ishlar qo‘lyozma shaklida, o‘zbek yoki rus tilida yozilishi, tanlangan mavzu hayotiy, sodda misollar bilan aniq va mantiqli yoritilishi kerak. Ko‘chirmachilik (pliagiat) holatlari aniqlangan insholarning muallifi tanlovdan chetlatiladi.

Qiziqtirgan savollar yuzasidan +99871-259-22-12 yoki +99871-259-22-73 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Manba: Xabar.uz

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!