Interpolda amaliyot o’tash imkoniyati

40
135 marta o'qildi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: Fransiya

Ariza topshirish muhlati:  2015-yil 31-dekabr

Kim uchun: Interpolga a’zo davlatlar fuqarolari

Grant miqdori: Oyiga 550 yevro stipendiya

Umumiy ma’lumot:

Interpol xalqaro tashkiloti a’zo davlatlar fuqarolari uchun Interpolda amaliyot o’tash dasturini taklif etadi. Tashkilotga a’zo 190 davlat fuqarolari Interpolning bosh ofisi joylashgan Fransiyaning Lion shahrida amaliyot o’tashi mumkin. Dastur yosh nomzodlar uchun mo’ljallangan bo’lib, amaliyot davomida ularga quyidagilar taklif etiladi:

  • Tashkilotning maqsadi va missiyasini va xalqaro tashkilotlar qanday ishlashini yaxshiroq tushuntirish;
  • Amaliy vazifalar berish natijasida nomzodlarning bilim va tajribasini oshirish, ularga kelajakdagi karyerasida kerak bo’ladigan malakalarni oshirish;
  • Turli madaniy va rang-barang millatlardan tashkil topgan ish sharoitida tajriba orttirib, hamma uchun umumiy bo’lgan ishonch va bag’rikenglik kabi tushunchalarni shakllantirish.

Kim uchun:

  • A’zo davlatning fuqarosi (O’zbekiston ham bor);
  • 18 yoshdan oshgan;
  • Ingliz tilini yaxshi biladigan;
  • Ayni damda talaba bo’lgan yoki ariza topshirgan vaqtda so’nggi 6 oy ichida universitetni tugatgan;
  • Ingliz tilidan boshqa rasmiy tillardan birini biladigan (fransuz, ispan yoki arab) nomzodlarga afzallik beriladi.

Grant miqdori:

Amaliyotchilarga oyiga 550 yevro miqdorida stipendiya beriladi. Bu stipendiya miqdori Lion shahrida yashash xarajatlarini hisobga olgan holda belgilangan. Ba’zi hollarda, amaliyot o’tash joyiga qarab stipendiya miqdori biroz farq qilishi mumkin.

Ariza to’ldirish tartibi:

Ariza onlayn shaklda SHU YERDA  to’ldiriladi. Amaliyot 6 oydan 11 oygacha davom etadi. Amaliyot uchun talabalar Interpolning Singapurdagi ofisiga ham jo’natilishi mumkin.

Ariza topshirishning so’nggi muhlati 2015-yil 31-dekabr.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA 

[info_box title=»» type=»success»]

«Grantlar.Uz» saytidan «EXCLUSIVE» xizmat

Yuqoridagi grant uchun anketa va hujjatlaringizni tayyorlashda

YORDAM OLISHNI XOHLAYSIZMI?

Aloqa:

E-mail: axborot@grantlar.uz

⇒ BATAFSIL MA’LUMOT ⇐

[/info_box]

40 Izohlar

  1. Assalomu alaykum! Sizga savolim bor edi. Fransiya, Belgiya va Kanada davlatlarida ham magistraturaga grant beruvchi o’quv yurtlari bölsa ma’lumot bersangiz! Javob uchun oldindan rahmat!

  2. IELTS sertifikat bo’lishi shartmi? agar shart bo’lsa necha ball olganlar qatnasha oladi? ingliz tilini yaxshi biladiganlar deyilgan qay darajada yaxshi biladigan? javob uchun oldindan rahmat!!!

  3. Salom! Man sentabrda 19ga tulaman,bu yil kollejni tugatdim ingilis tilini yaxshi bilaman manashu dasturaga ariza topshirsam bo’ladimi! Javob uchun oldindan raxmat!

  4. Shohjahon,

    Bu amaliyotda qatnashish uchun oliy o’quv yurti talabasi bo’lishingiz kerak.

  5. Ulug’bek,

    Ingliz tilida bemalol muloqot qila olishingiz kerak. IELTS bo’lishi shart, deyilmagan. Lekin amaliyot oldidan suhbat o’tkazishlari mumkin va shu orqali ingliz tilini qay darjada bilishingizni tekshirishlari mumkin.

  6. Zafarbek,

    Ariza to’ldirish uchun oldin yuqorida berilgan manzil orqali kirib, ro’yxatdan o’tishingiz kerak. Keyin anketani to’ldira olasiz.

  7. San’at,

    Siz aytgan davlatlardan grant dasturlarini topsak, saytimizga qo’yamiz.

  8. Tibbiyot institut talabalari ham qatnashsa bo’ldi. Agar 6 oyga uqishga ketsan uzbekistondagi uqishi nima bo’ladi jovob uchun katta rahmat.

  9. Abdumalik,

    Qatnashsangiz bo’ladi. O’qishingizdan ta’til olishingiz mumkin yoki gaplashib tanaffus olarsiz.

  10. Assalomu aleykum, man hoxirgi vaqtta 3 – kursda o’qiyman, bilmoqchi edimki agar ushbu amaliyot keyingi yilga ham davom ettiriladimi yoki yo’q, rahmat.

  11. Assalomu aleykum, men hozir 3- kursda o’qiyman, bilmoqchi bo’lganim shuki agar ushbu amaliyot keyingi yillarda ham bo’ladimi yo’qmi?

  12. Anketa to’ldirishda qanaqadir ID so’ralyapti. U yerga ism yozilishi kerakmi? javob uchun rahmat!

  13. Amaliyotda qatnashishning stipendiyadan tashqari to’lovlari haqida to’liq ma’lumot bersangiz, iltimos.

  14. Gavharoy,

    Savolingizni yaxshi tushunmadik. Yana qanaqa to’lovlari haqida so’rayapsiz?

  15. Assalomu alaykum, hurmatli administrator. Grantlar.uz sayti a’zosiman, ya’ni ro’yxatdan o’tganman. Ushbu grant uchun ariza to’ldirishdan oldin qanaqadir keyword so’ralyapti, qaysi saytda ro’yxatdan o’tish kerak? Tushunmayapman. Javob uchun oldindan rahmat.

  16. Nilufar,

    Tepada «Ariza onlayn shaklda SHU YERDA to’ldiriladi», deb yozilgan. «SHU YERDA» degan so’zni bossangiz, ariza to’ldiriladigan sahifa ochiladi. Shu sahifaning o’n tomonida «Create an account» degan yozuv bor. Shuning ostiga e-mail, ism-familiyangizni kiritib, keyin foydalanuvchi nomi (User ID – Xohlagan bir nomni tanlashingiz mumkin) va parol tanlab, ro’yxatdan o’tasiz. Shundan so’ng ariza topshirish sahifasi ochiladi va uni to’ldirib anketani internet orqali ularga yuborasiz.

    Ro’yxatdan o’tganingizdan keyin e-mailingizga kelgan xabardagi manzildan kirib, registratsiyani aktivatsiya qilishni unutmang.

  17. salom Bu amalyotni utash ucun qaerda bulishdan qattiy nazar qaysi unersitetni uqishdan qattiy nazar bulaveradimi bu Interpol poletsiyacimi

  18. Rustam,

    Qayerda va qaysi sohada oq’ishingizning ahamiyati yo’q. Lekin sizni qabul qilishlari uchun sohangiz ularga qanchalik kerakli ekani muhim ahamiyatga ega.

  19. Salom Mentor.
    Ular qabul qilishi uchun albatta universitetni bitirish lozimmi yoki institut? Yani ular qanday sohaga kuproq imkoniyat beradi. masalan man tarjimonlik yunalishini tugatganman….
    javob uchun raxmat

  20. Dilafruz,

    Yuqoridagi manzilga kirsangiz, ularga kerakli sohalar ko’rsatilgan. Ular orasida tarjimonlik ham bor. Amaliyotda qatnashish uchun oliy o’qiv yurti talabasi bo’lishingiz yoki uni yaqinda tamomlagan bo’lishingiz kerak. Universitet yoki institut bo’lishining ahamiyati yo’q.

  21. салом анкетада ишлаган жойи хакидаь хам сораляпти у ерга нима йозилади хозирда талабаман

  22. Xayotillo,

    Ishlamasangiz, ishlamaganman, deb yozing yoki u yerni bo’sh qoldirib keting.

  23. salom!savolim bor. bu grantga topshirish uchun yosh muhim emasmi?yanibakalavr darajasiga ega, 30dan oshgan ishlayotgan bulsa?javob uchun raxmat

  24. Lobar,

    Bu dasturda qatnashish uchun o’qiyotgan bo’lishingiz yoki o’qishni yaqinda tamomlagan bo’lishingiz lozim.

  25. Abror,

    «Cover letter»da o’zingizni tanishtirib, bu dasturda qatnashishdan maqsadlaringiz haqida qisqacha yozishingiz kerak.

  26. Abror,

    Saytda faqat qabul qilingan muvaffaqiyatli nomzodlarga natijalar haqida ma’lumot berilishi aytilgan. Lekin qachonligi yozilmagan.

  27. Savol bor hozrda kollejni bitrganman oliy o’quv yurtida o’qish nasib qmadi manam topshirsam amaliyot o’tasam bo’ladimi

  28. Salom! Berayotgan malumotlar uchun katta raxmat, man bolalar huquqlari buyicha mutaxsisman yaqinda uqiwni bitirib xozirda wu soxada iwlayapman, ingliz tili darajam o’rtacha kuproq huquq sohasi buyicha mamalumot bersaylar amalyot haqida