Iqlim o’zgarishi bo’yicha loyihalar uchun jurnalistlarga grant dasturi Iqlim o’zgarishi bo’yicha loyihalar uchun jurnalistlarga grant dasturi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin. Kim uchun: Tashkilot va jurnalistlar Ariza topshirish muhlati:  2015-yil 15-iyun Grant... Iqlim o’zgarishi bo’yicha loyihalar uchun jurnalistlarga grant dasturi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Kim uchun: Tashkilot va jurnalistlar

Ariza topshirish muhlati:  2015-yil 15-iyun

Grant miqdori:  5 ta loyihaga 50 ming dollar

Umumiy ma’lumot:
Yer Jurnalistika Grant Jamg’armasi iqlim o’zgarishining insonlarga zararlari haqida xabar qiluvchi jurnalistik tashkilotni tashkil qilish, rivojlantirish va kengaytirish uchun ko’mak berish maqdadida tashkil etilgan. Ushbu dasturga da’vogar grant loyihalari iqlim o’zgarishi mavzusiga qattiq urg’u berishi kerak. Ayniqsa, iqlim o’zgarishi aholining himoyaga muhtoj va asosiy qismidan ajralib qolgan qatlamlariga qanday ta’sir ko’rsatganligini yetkazib berishga urinishi lozim.

Kim uchun:

Ushbu dastur iqlim o’zgarishi va ekologiya buzilishi haqida qayg’uradigan jurnalistlar tarmog’ini yaratishga ko’maklashish maqdadida yaratilgan. Bunday jurnalistlar tarmog’i mavjud bo’lgan davlatlarda esa dastur jurnalistlarning shu soha bo’yicha salohiyatini oshirishga ko’maklashadi. Arizachi muayyan OAV tashkilotiga tegishliligi (ishlashi, boshqarishi) yoki shunday tashkilotni yaratish niyatida ekanligini loyihada batafsil tasvirlab berishi lozim.

Grant miqdori:

Dasturning umumiy grant miqdori 50 ming dollar va dastur 5 ta eng maqbul deb topilgan loyihaga ushbu mablag’ni bo’lib beradi. (Taxminan, har biriga 10 ming dollardan.)

Ariza to’ldirish tartibi:

Ariza onlayn shaklda to’ldiriladi. Buning uchun SHU YERDA  ro’yxatdan o’tib, belgilangan ariza shaklini to’ldirish lozim.

Kengroq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA 

  • Nafisa

    04/30/2015 #1 Author

    Barcha grantlar haqida yanada batafsil va tezkor ma’lumotlarni kutib qolamiz!

  • Nafisa

    04/30/2015 #2 Author

    Salom men jurnalistman, Ntt telekanalida faoliyat yuritganman. Hozirda ishlamayapman. Ushbu grantga ishtirok etish imkoni menda mavjudmi?

  • Mentor

    04/30/2015 #3 Author

    Nafisa,

    Bu dasturdan maqsad atrof-muhit himoyasiga e’tibor qaratuvchi jurnalistlar uyushmasi yoki tashkilotlari ishini rivojlantirish yoki shunday tashkilotlarning yangilarini tuzishdan iborat. Agar sizda ana shunday uyushma tuzish yoki ularning ishlarini tashkillashtirish niyati bo’lsa, qatnashishingiz mumkin. Arizangizda shu rejalaringizni asoslab bera olishingiz kerak.