Iqtisodiy-ijtimoiy muammolarni hal qilish bo’yicha yosh liderlar maktabi

0
81 marta o'qildi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: Toshkent

Ariza topshirish muhlati: 2016-yil 14-noyabr

Kim uchun: 18-25 yoshdagilar

Grant miqdori: Bepul o’qish

Milliy universitetlar nemis assotsiatsiyasining O’zbekistondagi filiali Toshkent shahri yoki viloyatida yashovchi 18 dan 25 yoshgacha bo’lgan yoshlarni Iqtisodiy-ijtimoiy muammolarni hal qilish bo’yicha yosh liderlar maktabiga taklif qiladi. Ushbu o’quv dasturidan maqsad yoshlarning bilim va malakasini oshirib, ularning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish hamda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishga hissa qo’shadigan kadrlar bo’lib yetishiga yordamlashish.

O’qish bir oy davom etadi.

Dasturda qatnashish talablari:

  • Toshkent shahri va viloyatida yashayotgan;
  • Kamida kollej yoki litseyda o’qigan (oliy o’quv yurtida o’qiyotgan va o’qishni bitiganlar ham topshirishi mumkin);
  • 18 va 25 yosh orasida bo’lgan;
  • Rus tilini biladigan;
  • O’z ustida ishlaydigan yoshlar qabul qilinadi.

Ariza topshirish tartibi:

Dasturda qatnashishni xohlovchilar 2016-yil 14-noyabrgacha belgilangan arizani topshirishlari kerak. Arizani SHU YERDAN saqlab olishingiz mumkin. To’ldirilgan arizani info@dvv-international.uz pochta manziliga jo’natishingiz kerak.

Arizasi qabul qilinganlar suhbatga chaqiriladi.

Savollaringiz bo’lsa, ularni quyidagi manzilga yo’llang:

Ravshan Baratov: baratov@dvv-international.uz

Irina Razilova: razilova@dvv-international.uz

Tel./Fax: (+998 71) 1205536, 1206057, 2562218

Batafsil ma’lumotni SHU YERDAN olishingiz mumkin.