Ispaniyaning Saraton Kasalligini O`rganish Milliy Markazida Yozgi Maktab.

0
81 marta o'qildi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: Ispaniya, Madrid shahri.

Ariza topshirish muhlati:  23-aprel 2017-yil

Loyiha muddati:  26-iyundan 18-avgustga qadar.

Ispaniyaning Madrid shahrida Saraton Kasalligini O`rganish Milliy Markazi (Centro Nacional de Investigaciones Oncologicas) tibbiyot sohasida o`z faoliyatini sinab ko`rmoqchi bo`lgan qiziquvchan yosh talabalarga ularning o`qib-izlanishlari uchun imkoniyatni taklif qiladi. 2017-yilgi o`quv yilida bakalavrni o`qish uchun abituryentlar uchun turli universitetlardan 8 ta  joyni taklif qiladi. Dastur 26-iyunda boshlab 18-avgustga qadar davom etadi.

Har bir talabaga uning qiziqishlari va tajribasi inobatga olgan holda labaratoriyadan foydalanish imkoniyati beriladi. Talaba guruh sardori yoki izlanishlar komandasining a`zosi boshchiligida ish olib boradi. Yana qatnashchilar Markaz professorlari o`tkazadigan leksiya va seminarlarda qatnashish huquqiga ega. Dasturning so`nggida talabalar o`zlarining ishlarining natijasini ko`rsatishlari munkin.

Dastur tashkilotchilari quyidagi sarf-xarajatlarni o`z bo`yniga oladilar:

-Madridgacha bo`lgan yo`l haqqi;

-Markazdagi oshxonada nonushta va tushlik;

-Baxtsiz hodisalardan sug`urta;

-Biror davlat fuqarosi bo`lmagan talabalarga tiibbiy sug`urta;

-Dastur so`nggida ishtirokchilar uchun maxsus sertifikat.

Nomzodlar uchun qo`yiladigan talablar:

-Tibbiyot sohasida bakalavrni o`qish uchun 2 ta yoki 3 ta o`quv kurslari va imtihon topshirish.

-A`lo baholarda o`qish;

-Ingliz tilida bemalol gaplasha olish;

-Markazda 26-iyunda boshlab 18-avgustga qadar bo`lish imkoniyati (8 hafta);

Dasturda ishtirok etish uchun saytdagi arizani to`ldirish va pdf formatdagi rezyumeni tashkilotchilarga yuborish kerak.

Faqat ba`zi talabalargina qo`shimcha hujjatlarni summertraining@cnio.es electron pochtasiga yuborishlari zarur:

-2 ta tavsiyanoma;

-Bitigan o`quv joylarining shahodatnomasi, topshirgan imtihon natijalarining nusxasi;

-Passport kopiyasi;

-Butun yoz bo`yi uchun tibbiy sug`urta.

Yuqoridagi hujjatlarni oldindan tayyorlab qo`yish tavsiya qilinadi.

Asadova Makhtob tayyorladi

Grantlar telegram kanaliga qo`shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo`lib, xabardor bo`ling!