Italiyada 2017-2018-yilga mo‘ljallangan o‘qish dasturi Italiyada 2017-2018-yilga mo‘ljallangan o‘qish dasturi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin. Qayerda: Italiya Respublikasi. Kim uchun: O‘zbekistonlik OTM talabalari. Ariza topshirish muhlati:... Italiyada 2017-2018-yilga mo‘ljallangan o‘qish dasturi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: Italiya Respublikasi.

Kim uchun: O‘zbekistonlik OTM talabalari.

Ariza topshirish muhlati: 10-may 2017-yilgacha.

             Italiya Respublikasining Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik Vazirligi “Italiya-O‘zbekiston  madaniyat va ilmiy hamkorlik” Dasturi doirasida 2017-2018 o‘quv yilida Italiya OTMlaridan birida tahsil olish uchun hujjatlar qabul qilishni boshladi. Nomzodlar Italiyan tilini yaxshi bilishi va Italiya OTMlari yo‘nalishi bo‘yicha mos hujjatlar tayyorlashi lozim. Hujjatlar Italiyaning Toshkentdagi elchixonasiga topshiriladi.

             Nomzodlar birinchi navbatda Italiya Tashqi ishlar vazirligining internet saytida ro‘yxatdan o‘tishi lozim.

Sizni qiziqtirgan boshqa savollarga Italiya Respublikasining Toshkentdagi elchixonasiga murojaat qilishingiz mumkin.

Manzil: Toshkent shahri Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Hojib ko‘chasi 40 uy. Tel.  (0371) 2521119

 Nurillo TO‘XTASINOV tayyorladi.

Grantlar telegram kanaliga qo`shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo`lib, xabardor bo`ling!

Fikr yo`q.

Birinchi bo'lib fikr bildiring.