Jahon Bankida amaliyot o’tash imkoniyati Jahon Bankida amaliyot o’tash imkoniyati
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin. Qayerda: AQSh Ariza topshirish muhlati: 2016-yil 31-oktabr Kim uchun: Magistratura va... Jahon Bankida amaliyot o’tash imkoniyati
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: AQSh

Ariza topshirish muhlati: 2016-yil 31-oktabr

Kim uchun: Magistratura va doktorantura talabalari

Grant miqdori: Oylik maosh va safar xarjatlari

Umumiy ma’lumot:

Jahon Banki guruhi qishki semestr uchun amaliyot dasturiga arizalarni qabul qilmoqda. Dastur davomida amaliyotchilar Jahon Banki guruhining ichki ishlash tartibi bilan tanishadi. Muvaffaqiyatli amaliyotchilarga o’qishni tugatgach, Jahon Banki guruhidan ish taklif qilinishi mumkin. Dastur kamida 4 hafta bo’lib, qishki amaliyot dasturi dekabr-mart oylarida bo’lib o’tadi.

Mazkur dastur iyun-sentabr oylari uchun ham amaliyot dasturiga arizalarni qabul qiladi.

Kim uchun:

  • Bakalavr diplomiga ega;
  • Magistratura yoki doktorantura darajasida kunduzgi bo’limda o’qiyotgan;
  • Amaliyotni tugatib, o’qishga qaytadigan;
  • Magistratura darajasining kamida birinchi yilini tamomlagan nomzodlar.

Grant miqdori:

Dastur amaliyotchilarga soatbay ish haqi to’laydi. Dastur ba’zan amaliyotchilarning safar xarajatlarini ham o’z bo’yniga oladi.

Ariza to’ldirish tartibi:

Ariza to’ldirish uchun SHU YERDA ro’yxatdan o’tib, onlayn anketani to’ldirish lozim. Arizani bir vaqtning o’zida to’ldirish lozim, ya’ni keyinchalik o’zgartirishlar kirgizish uchun saqlab qo’yishga imkon yo’q. Shuning uchun arizani to’ldirishni boshlashdan avval, arizada so’raladigan quyidagi ma’lumotlarni tayyorlab olish lozim:

  • Rezyume;
  • Dasturda qatnashishdan maqsadlarini ifodalagan qisqa insho;
  • Magistratura yoki doktoranturada o’qishi haqida ma’lumotnoma.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA 

  • Gulnoza

    10/26/2016 #1 Author

    Salom! Magistraturani endi bitirganlar topshirsa bo’ladimi?

  • Marufjon

    10/27/2016 #2 Author

    ingliz tilini mukammal bilish kerakmi?

  • Mentor

    10/28/2016 #3 Author

    Marufjon, yaxshi gaplasha oladigan darajada bilishi kerak.

  • Mentor

    10/28/2016 #4 Author

    Gulnoza, o’qishni bitirmagan bo’lish kerak.

  • Dostonbek

    10/30/2016 #5 Author

    iyun-sentyabr oylari dasturi uchun arizani dekabrda topshirsam bo’ladimi #5

  • Dostonbek

    10/31/2016 #6 Author

    iyun-sentyabr oylari dasturi uchun arizani dekabrda topshirsam bo’ladimi?