Jahon Banki guruhida amaliyot o’tash imkoniyati

6
68 marta o'qildi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: AQSh

Ariza topshirish muhlati: 2015-yil 31-oktabr

Kim uchun: Magistratura va doktorantura talabalari

Grant miqdori: Oylik maosh va safar xarjatlari

Umumiy ma’lumot:

Jahon Banki guruhi qishki semestr uchun amaliyot dasturiga arizalarni qabul qiladi. Dastur davomida amaliyotchilar Jahon Banki guruhining ichki ishlash tartibi bilan tanishadi. Muvaffaqiyatli amaliyotchilarga o’qishni tugatgach, Jahon Banki guruhidan ish taklif qilinishi mumkin. Dastur kamida 4 hafta bo’lib, qishki amaliyot dasturi dekabr-mart oylarida bo’lib o’tadi.

Mazkur dastur iyun-sentabr oylari uchun ham amaliyot dasturiga arizalarni qabul qiladi.

Kim uchun:

  • Bakalavr diplomiga ega;
  • Magistratura yoki doktorantura darajasida kunduzgi bo’limda o’qiyotgan;
  • Amaliyotni tugatib, o’qishga qaytadigan;
  • Magistratura darajasining kamida birinchi yilini tamomlagan nomzodlar.

Grant miqdori:

Dastur amaliyotchilarga soatbay ish haqi to’laydi. Dastur ba’zan amaliyotchilarning safar xarajatlarini ham o’z bo’yniga oladi.

Ariza to’ldirish tartibi:

Ariza to’ldirish uchun SHU YERDA ro’yxatdan o’tib, onlayn anketani to’ldirish lozim. Arizani bir vaqtning o’zida to’ldirish lozim, ya’ni keyinchalik o’zgartirishlar kirgizish uchun saqlab qo’yishga imkon yo’q. Shuning uchun arizani to’ldirishni boshlashdan avval, arizada so’raladigan quyidagi ma’lumotlarni tayyorlab olish lozim:

  • Rezyume;
  • Dasturda qatnashishdan maqsadlarini ifodalagan qisqa insho;
  • Magistratura yoki doktoranturada o’qishi haqida ma’lumotnoma.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA 

 

6 Izohlar

  1. assalomu alekum… man xozi 1-kurs magistraturasida o’qiman. Savolim wundan iborat edi… iyun-sentabr dagi dasturga topwiriw u4un oxirgi muhlat korsatilmaganu wu haqda ma’lumot bervorsez… iyun-sentabr oylariga topwiriw 2-kurs oxiriga tori kelarkanu bu baytga kelib man disertatsiyani ximoya qiliwim keraku

  2. Kechirasiz men ushbu dasturda qatnashmoxchiman. Bu dastur o’zi qancha muddat davom etadi?