Jahon Bankida yosh professionallar uchun ishlash imkoniyati Jahon Bankida yosh professionallar uchun ishlash imkoniyati
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin. Qayerda: Dunyo  bo’ylab Ariza topshirish muhlati: 2016-yil 27-iyul Kim uchun: 32 yoshdan... Jahon Bankida yosh professionallar uchun ishlash imkoniyati
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: Dunyo  bo’ylab

Ariza topshirish muhlati: 2016-yil 27-iyul

Kim uchun: 32 yoshdan oshmaganlar

Maosh: Yaxshi maosh to’lanadi

Umumiy ma’lumot:

Jahon Bankining Yosh Professionallar Dasturi Jahon Bankiga a’zo davlatlardan bo’lgan hamda taraqqiyot loyihalariga qiziqadigan yoshlar uchun yaxshi imkoniyat bo’lib, u orqali yosh mutaxassislar o’z sohalari bo’yicha tajriba va malaka oshiradi hamda kelajakdagi karyerasini shakllantiradi.

Dastur iqtisodiyot, moliya, ta’lim, sog’liqni saqlash, ijtimoiy fanlar, muhandislik, shaharsozlik, qishloq xo’jaligi, tabiiy resurslar va boshqa sohalar, shuningdek, kommunikatsiya, axborot texnologiyalari, xodimlarni boshqarish va korporativ moliya sohalarida mutaxassis bo’lgan hamda kelakada lider bo’lish potensiali bor yoshlar uchun ochiq. Nomzodlar taraqqiyot loyihalariga bo’lgan katta qiziqishi, akademik yaxshi baholari, professional yutuqlari va liderlik qobiliyati bilan o’zini ko’rsatishi kerak.

Kim uchun:

Quyidagilar dasturda qatnashish uchun qo’yilgan minimum talablar hisoblanadi:

  • Jahon Bankiga a’zo davlatlar fuqarolari (To’liq ro’yxat SHU YERDA) – O’zbekiston ham a’zo;
  • 1983-yil 1-oktabrda yoki undan keyin tug’ilgan (32 yoshdan oshmaganlar);
  • Ingliz tilini mukammal biladiganlar;
  • O’z sohasi bo’yicha magistratura yoki doktorantura darajasiga hamda ish tajribasiga ega bo’lganlar;
  • Arab, xitoy, fransuz, portugal, rus va ispan tillaridan birini bilishi afzal ko’riladi, ammo talab qilinmaydi;
  • Kamida 3 yil taraqqiyot va rivojlanishga oid (Development) yo’nalishda tajribaga ega yoki ish tajribasi o’rniga doktoranturada o’qigan yoshlar.

Maosh:

Dastur ishtirokchilari Jahon Banki Guruhida kichik mutaxassis bo’lib faoliyat yuritadi hamda ularga xalqaro standartlarga mos yaxshi maosh to’lanadi. Oylikning miqdori ishtirokchining akademik va professional tajribasiga qarab aniqlanadi. Jahon Banki Guruhi, shuningdek, ishtirokchilarni sug’urta, soliq uchun imtiyoz va lozim bo’lganda, moliyaviy yordam va shunga o’xshash yordamlar bilan ta’minlaydi. Bu haqda to’liq SHU YERDA o’qing.

Ariza to’ldirish tartibi:

Dasturga ariza onlayn tarzda to’ldiriladi. Arizalar qabuli 1-iyundan SHU YERDA  boshlanadi. Ariza bir sessiyada topshirilishi shart, ya’ni uni to’ldirish davomida saqlab qo’yib, keyin o’zgartirish kiritishga yo’q qo’yilmaydi. Shuning uchun, arizani boshlashdan oldin:

  • Rezyume;
  • Diplom va uning baholar varaqasi;
  • Magistratura yoki doktorantura darajasi bo’yicha himoya qilgan ilmiy ishining qisqacha mazmuni (agar tegishli bo’lsa);
  • Arizada berilgan mavzu/savollar bo’yicha insholaringiz tayyor bo’lishi lozim.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA 

 

  • anonymous

    06/13/2015 #1 Author

    bakalavr darajasi bilan topshirish mumkinmi?

  • Mentor

    06/16/2015 #2 Author

    Anonymous,

    Magistraturaga ega bo’lishingiz kerak.

  • Khursand

    06/30/2015 #3 Author

    salom men germaniyada iqtisod sohasida magistraturada o’qib kelganman hozirda Davlat Soliq Inspeksiyasida bosh hiso´bchiman. ishlayotganimga 1 yildan oshdi. Ingliz tilim unchalikmas lekin nemis tilida bemalol gaplashaman, tushunman, til sertifikatim ham bor germaniyaga yo’qmi shunaqangi ish
    Javob un raxmat

  • Mentor

    07/04/2015 #4 Author

    Khursand,

    Ingliz tilida muloqot qila olsangiz, shu dasturga topshirib ko’rishingizni tavsiya qilamiz. Germaniyada bunday imkoniyatlar chiqsa, saytimizga qo’yamiz.

  • Mumina

    07/06/2015 #5 Author

    Salom!
    Men magistraturani halqaro munosabatlar buyicha tamomlaganman. Bahrainda office manager, secretary, translator lavozimida ishlaganman. Rus, ingliz tilida bemalol suzlashaman. Arab tilini urganyapman. Menga tugri kelarmikin?! Rahmat katta oldindan.

  • Mentor

    07/09/2015 #6 Author

    Mumina,

    Uch yillik ish tajribasiga ega bo’lsangiz va yoshingiz 35 dan oshmagan bo’lsa, topshira olasiz.

  • Jasur

    07/18/2015 #7 Author

    Salom man bankda ishliman, shu yili TDIU ning bank ishi yo`nalishining 1 kursini bitirdim, mani olishmidimi

  • Mentor

    07/18/2015 #8 Author

    Jasur,

    Bu ishga topshirishingiz uchun kamida 3 yillik tajribaga ega bo’lishingiz kerak.

  • EBR

    03/07/2016 #9 Author

    Salom 13 yildan beri bankda ishlayman. Bank moliya akademiyasini tamomlaganman ingliz tilini mukammal bilmayman. Yoshim 30 da. Bank boshqaruvida Departament direktori urinbosari bulib ishlayman. Ushbu yunalish buyicha tug’ri keladimi. Javob un raxmat

  • Muzaffar Mirzayev

    06/28/2016 #10 Author

    Assalomu aleykum bu grantlar keyingi yillari ham buladimi. Men hozir Yaponiyada magistratura o’qiyapman. yaponiyadagi magistraturam shu yilni oxirida tamom bo’ladi. O’zbekistonda Toshkent Davlat Sharqshunoslik institutini Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik fakultetini bakalavr bosqichini tamomlaganman. Shu institutni magistratura bosqichini 2017-yil bitiraman qaytganimda. Institutda 1 yil ish stajiga egaman. Menga qanday imkoniyat bo’lishi mumkin. Ingliz tili, Yapon tilida bemalol gaplashaolaman. Javob uchun rahmat.

  • Eldor

    06/29/2016 #11 Author

    Salom.
    Men Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Magistratura bo’limini, Axborot xavfsizligi yo’nalishi bo’yicha tamomlaganman, hozirda » Axborot xavfsizligin taminlash markazida» ishlab kelmoqdaman.(yetakchi mutaxassis) Rus va ingliz tillarini bilaman. Faqat ish stajim 3 yil bo’lmadi (2 yil 8 oy) ariza topshira olamanmi?

  • Sherzod

    07/03/2016 #12 Author

    Bankda 8 yildan ortiq stajga egaman ingliz tilini bilaman lekin magistraturada uqimaganman. Man topshirsam buladimi ? Ma’lumotim 2 ta universitetni tamomlaganman buxgalteriya yonalishi boyicha

  • Shuhrat

    07/12/2016 #13 Author

    Arizada berilgan mavzu/savollar bo’yicha insholaringiz tayyor bo’lishi lozim. Mavzular bilan tanishish mumkunmi

  • Zuxriddin

    08/26/2016 #14 Author

    Salom man Kariyaga ishga bormoqchiman qayerga dakumen topshirishim kere javop uchun raxmat

  • surayyo

    10/03/2016 #15 Author

    Salom. Men 2013 yilda Ozbekiston Milliy Universitetining Iqtisodiyot fakulteti Magistratura bisqichini tugatganman. 3 yildan buyon xususiy firmada direkotor lavozimida faoliyat korsataman. Ingliz tilida gaplasha olaman/ Keyingi yil Ushbu dasturga topshirish imkoniyatim bormi? oldindan rahmat

  • surayyo

    10/03/2016 #16 Author

    Salom/ Men 3 yillik tajribaga ham magistratura diplomiga ham egaman/ lekin ish tajribam hususiy firmada/ shu tosqinlik qilmaydimi? davlat ishida tajribaga ega bolish talab qilinmaydimi?