Jahon bankining «Yosh mutaxassislar dasturi» stipendiyasi

0
1 953 marta o'qildi

Qayerda: AQSh (Vashington)

Hujjat topshirish muddati: 2017-yilning 28-iyuligacha

Umumiy ma’lumot:

Jahon banki yosh mutaxassislarga o’z karyerasini xalqaro darajaga ko’tarish imkoniyatini taklif etadi. Ushbu dasturda iqtisod, moliya sohasida, shuningdek, ijtimoiy fanlar, ta’lim, shaharlarni rejalashtirish, sog’liqni saqlash, qishloq xo’jaligi, tabiiy resurslar, injeneriya kabi sohalarda yetarli malaka va bilimga hamda Jahon Bankida ishlash istagi bo’lgan kandidatlar qatnashishi mumkin.

Qabul soni:

Jahon Banki ushbu dasturga har yili 40 ta yosh mutaxassisni qabul qiladi.

Dastur davomiyligi:

Ushbu dastur mutaxassislarga 5 yillik shartnoma asosida Jahon Bankida ishlashni taklif etadi. Bu maddatning dastlabki 24 oyi rivojlanish dasturida ta’lim olish bilan birga amalga oshiriladi.

Moddiy taminoti:

Dasturda qatnashish huquqini qo’lga kiritganlar quyidagi iqtisodity ta’minotlar bilan ta’minlanadi:

  • Oylik maosh. Mutaxassis, uning ilmiy darajasi va kasbiy tajribasidan kelib chiqib, xalqaro standardlarga mos oylik maosh bilan ta’minlanadi;
  • Mutaxassisning sog’lig’i, hayoti va favqulotda holatlar yuzasidan sug’urta xarajatlari qoplanadi;
  • Pensiya. Mutaxassisga, agar u pensiya rejasi qoidalariga mos bo’lsa, dastur oxirida bir martalik pensiya to’lovi to’lanadi;
  • Yo’l xarajatlari. Jahon Banki mutaxassisning, shuningdek, uning oilasining Vashingtonga borish xarajatlarini to’lab beradi;
  • Mutaxassisning yuklarini olib borishi uchun sarflanadigan xarajatlar qoplanadi;
  • Daromad solig’i uchun to’lanadigan so’mma Jahon Banki tomonidan to’lab beriladi.

Dasturda qatnashish talablari:

Dasturda qatnashish uchun kandidat quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • kandidat Jahon Bankiga a’zo bo’lgan davlatlardan birining fuqarosi bo’lishi lozim (O’zbekiston a’zo);
  • kandidat 1985-yilning 1-oktabridan keyin tug’ilgan bo’lishi kerak;
  • magistrlik yoki fan nomzodi darajasiga va ish stajiga ega bo’lishi lozim;
  • ingliz tilini yaxshi bilishi kerak;
  • Jahon Banki ishchi tillari (arab, fransuz, rus, xitoy, portugal, ispan tillari) dan biri yoki bir nechtasini yaxshi bilishi kerak;
  • Jahon Bankining asosiy faoliyat sohalaridan biri bo’yicha mutaxassisligi bo’lishi lozim: iqtisod, moliya, ta;’lim, sog’liqni saqlash, ijtimoiy fanlar, injineriya, shaharlarni rejalashtirish, qishloq xo’jaligi, tabiiy resurslar;
  • 3 yildan kam bo’lmagan ish staji ega yoki doktoranturada o’qigan bo’lishi lozim.

Topshirilishi lozim bo’lgan hujjatlar:

  1. Tarjimai hol (CV).
  2. Mavjud diplomlar nusxalari.
  3. Doktorlik dissertatsiyasi/Magistrlik ishining mavzusi va qisqacha mazmuni.
  4. Insho. Insho 1000 ta so’zdan oshib ketmasligi va «2018-yilgi dasturga qabul qilish jarayoni inshosi (Application Essay for the 2018 Selection Process)» da keltirilgan muammolarni hal qilishda kandidat qanday potensialga egaligini ifodalab berishi kerak.

Barcha hujjatlar pdf, doc yoki docx formatida bo’lishi va har biri 5 MB dan oshib ketmasligi lozim. Hujjatlar onlayn tarzda taqdim qilinadi.

Batafsil ma’lumot bilan SHU YERDA tanishishingiz mumkin.

Grantlar telegram kanaliga qo’shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo’lib xabardor bo’ling!