×

Jinan universiteti: To’liq grant, oylik stipendiya va bepul turar joy!


Grant

MUHLAT

20.03.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

2087 marta

Xitoyning Jinan universiteti magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun grant dasturini e’lon qiladi. Ushbu dastur maqsadi – iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

 Ushbu dasturni qo’lga kritiganlar quyidagi iqtisodiy imkoniyatlar bilan ta’minlanadi:

  • Kontrakt puli to’liq to’lab beriladi.
  • Turar joy bilan ta’minlanadi.
  • Tibbiy sug’urta xarajatlari qolanadi.
  • Xitoyda hayot kechirish uchun oylik stipendiya bilan ta’minlanadi.
  • Stajirovka o’tash, darsliklar va boshqa o’qish materiallari xarajatlari qoplanadi.

Talablar:

  • Nomzod Xitoy fuqarosi bo’lmasligi lozim.
  • Nomzod sog’lom bo’lishi lozim.
  • Ushbu grantga ariza topshirayotganda hech qaysi Xitoy universitetida ta’lim olmayotgan bo’lishi lozim.
  • Nomzod 35 yoshdan oshmagan bo’lishi lozim.
  • Nomzod quyidagi sohalardan birida yoki shu sohalarga aloqador sohada bakalavrlik diplomiga ega bo’lishi kerak: Computer Science/Engineering, Information and Communication Technologies or Mathematics.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Nomzod IELTS/TOEFL sertifikati orqali ingliz tilini bilish darajasini isbotlashi mumkin (IELTS 6). Agar nomzod bakalavrlik bosqichini ingliz tilida tugatgan bo’lsa, IELTS/TOEFL so’ralmaydi.
  • Nomzodning baholari yaxshi bo’lishi lozim: GPA – 4 lik sistemada 3.2 dan, 5 lik sistemada 4 dan past bo’lmasligi kerak.

Topshirish talab etiladigan xujjatlar:

Cover letter, Rezyume, Fanlardan olgan baholari – tarjima qilingan holda, Bakalavrlik diplomi, O’quv rejasi (Study Plan), Tavsiyanomalar,

Dasturga qabul jarayoni:

  • Cover letter nima ekanligi haqida SHU YERDA tanishing. Ariza topshirishdan oldin Supervisor (ilmiy rahbar) lardan biri bilan aloqa qiling va ulardan birini ilmiy rahbar sifatida tanlang. Ilmiy rahbar ko’rsatilmagan arizalar qabul qilinmaydi.
  • Rezyumeda umumiy ma’lumot, rasm, oilaviy holati, GPA, ta’lim bo’yicha/ish bo’yicha mutaxassisligi, tadqiqot borasidagi tajribasi, maqola yoki ilmiy ish chop etgan bo’lsa, ular ham va hk.lar ko’rsatiladi. Rezyumeni belgilangan shakl asosida tayyorlash lozim.
  • Tavsiyanomalar kamida uchta bo’lishi va ular nomzod o’qigan univeristet a’zolari tomonidan berilishi kerak. Har bir tavsiyanoma tanlangan supervisor email manziliga shaxsan tavsiya beruvchi shaxs tomonidan yuborlishi kerak.

Barcha hujjatlar tanlangan Supervisor elektron manziliga yuboriladi. Supervisorlar ro’yxati bilan SHU YERDA tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!