×

Jurnalist va blogerlar uchun Germaniyada ilmiy konferensiya!


Grant

MUHLAT

31.07.2016

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

41 marta

1989-yil 9-noyabrda Berlin Devori qulagandan so’ng, bu olamshumul voqeaning 20 yillik yubileyida «Qulaydigan Devorlar» nomli platforma yaratilgan. Keyinchalik esa mazkur platforma jurnalistlar uchun ilmiy stipendiya dasturi joriy qildi. Dastur kamida 3 yillik tajribaga ega jurnalist va blogerlar orqali jamoatchilikni ilm-fan  sohasidagi yangiliklardan boxabar qilib borishni maqsad qilgan. Dastur ishtirokchilari 8-9-noyabr kunlari Berlinda bo’lib o’tadigan «Qulaydigan Devorlar» Labaratoriyasi, konferensiyasi va korxonasida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Grant kimlar uchun?

3 YILLIK TAJRIBAGA EGA JURNALIST VA BLOGERLAR

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur ishtirokchilarning safar xarajatlarini, mehmonxonda 3 oqshom turish xarajatlarini, konferensiya to’lovi va oziq-ovqat xarajatlarini qoplaydi.

Talablar:

Kim uchun:

To’liq stavkada yoki masofadan turib ishlaydigan hamda ilm-fanga aloqador mavzularda yozgan jurnalistlar yoki blogerlar dasturda ishtirok etishi mumkin. Ilmiy tadqiqot bilan shug’ullanuvchilar, o’qituvchilar, omma bilan ishlash va reklama xizmatlarida ishlovchilar dasturda qatnasha olmaydi. Arizachilar kamida 3 yillik jurnalistik yoki blogerlik tajribasiga ega bo’lishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza to’ldirish tartibi:

Arizachilar onlayn ariza shaklini SHU YERDA to’ldirib, unga 2 ta jurnalistik yoki blogerlik ishidan namunani ilova qilishi hamda dasturda qatnashishdan maqsadlari ifodalangan qisqa inshoni topshirishi kerak. Jurnalistik ish namunasi va insho ingliz tilida yozilgan bo’lishi kerak. Ariza to’ldirishning so’nggi muhlati 2015-yil 31-iyul.

Dastur bo’yicha savollar bilan fellowship@falling-walls.com manziliga murojaat qilish mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!