Kanada hukumati «Vanier Kanada doktorlik stipendiyasi» dasturini e’lon qildi Kanada hukumati «Vanier Kanada doktorlik stipendiyasi» dasturini e’lon qildi
Qayerda: Kanada Kim uchun: Doktoranturada o‘qishni xohlovchilar uchun Ariza topshirish muddati: 2017-yilning 1-noyabrigacha Umumiy ma’lumot: Kanada hukumati magistraturani tugatgan va doktorlik bosqichida o‘qishni xohlaydigan... Kanada hukumati «Vanier Kanada doktorlik stipendiyasi» dasturini e’lon qildi

Qayerda: Kanada

Kim uchun: Doktoranturada o‘qishni xohlovchilar uchun

Ariza topshirish muddati: 2017-yilning 1-noyabrigacha

Umumiy ma’lumot:

Kanada hukumati magistraturani tugatgan va doktorlik bosqichida o‘qishni xohlaydigan tadqiqotchilar uchun «Vanier Kanada doktorlik stipendiyasi» dasturini e’lon qildi. Dasturda Kanada fuqarolari, chet el fuqarolari, shuningdek, Kanadada doimiy yashovchi rezidentlat qatnashishi mumkin.

Tadqiqot sohalari:

Nomzodlar Kanadadagi universitetlarida ijtimoiy, gumanitar, tabiiy fanlar, injineriya yoki sog‘liqni saqlash sohasiga oid yo‘nalishni tanlashlari va ushbu dasturda ishtirok etish uchun ariza topshirishlari mumkin.

Qabul soni:

Odatda ushbu dasturga har yili 167 nafar atrofida tadqiqoqtchilar qabul qilinadi. Dastur davomiyligi – 3 yil.

Iqtisodiy ta’minoti:

Stipendiyani qo‘lga kiritgan tadqiqotchilarga yiliga 50 000 Kanada dollari (bugungi kurs bo‘yicha 37 805 AQSh dollari) miqdoridagi stipendiya bilan ta’minlanadi.

Dasturda ishtirok etish shartlari:

  • Vanier dasturi tomonidan kvota ajratilgan universitetlardan birining doktoranturasiga qabul qilingan bo‘lish lozim. Bunda nomzod stipendiya dasturiga ariza topshirishdan oldin vakolatli universitetlardan biri bilan musatqil bog‘lanib, ularga qabul qilinishi va stipendiya dasturiga topshirmoqchi ekanligini aytishi lozim. Shunda universitet uning nomzodini dasturga taqdim etadi.
  • Nomzod 2018-yilning yozgi semestridan o‘qishni boshlashga tayyor bo‘lishi lozim.
  • Nomzod magistraturada yoki unga muqobil bo‘lgan ikki yillik ta’lim bosqichida o‘qigan va diplom olgan bo‘lishi lozim.
  • Nomzod bundan oldin CIHR, NSERC yoki SSHRC dasturlarining stipendiyalari tomonidan taqdirlanmagan bo‘lishi kerak.
  • Nomzod universitet tomonidan talab etiladigan ingliz tilini bilish darajasiga ega bo‘lishi kerak.

Eslatma: Ushbu stipendiya dasturining hujjat topshirish muddati 2017-yilning 1-noyabrigacha bo‘lsa-da, Kanada universitetlariga qabul muddati ertaroq tugaydi. Shuning uchun nomzodlar universitetlar bilan ertaroq boglanishi va qabul muddati tugamasdan ularga ariza topshirishi lozim bo‘ladi.

Dasturga topshirilishi lozim bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati, hujjat topshirish jarayoni bilan SHU YERDA tanishishingiz mumkin.

Batafsil SHU YERDA tanishing.

Grantlar telegram kanaliga qo‘shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Fikr yo`q.

Birinchi bo'lib fikr bildiring.