×

Kentukky universitetining «International Ambassador Scholarship» dasturi


Grant

MUHLAT

15.02.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1772 marta

AQShning Kentukky universiteti bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun «International Ambassador Scholarship» stipendiyali dasturini e’lon qildi.

Ta’lim sohasi: Nomzod Kenttukky universitetida mavjud har qanday ta’lim yo’nalishini (sohani) tanlashi va o’sha yo’nalishga topshirishi mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Stipendiyani qo’lgan kiritgan talabaga ta’li puli (tuition feening) ning 3000 ming dollaridan 50 foizigacha to’lab beriladi.

Talablar:

  1. Nomzod xorijiy talaba bo’lishi lozim.
  2. Liderlik yoki volontyorlik yoxud boshqa shakldagi tajribani o’z ichiga olgan hamda ushbu stipendiyaga munosib eknligini ko’rsatib beradigan bir bet hajmidagi insho topshirilishi kerak.
  3. Bitta tavsiyanoma (Recommendation).
  4. Baholanga non-rezident ta’lim puli (Assessed non-resedent tuition). Bu tanlangan yo’nalish uchun to’lanadigan kontrakt puli hisoblanadi va ta’lim yo’nalishiga qarab farq qilishi mumkin. Bir semestr uchun o’rtacha ta’lim puli – 6-7 ming AQSh dollarini tashkil etadi.
  5. GPA yoki SAT uchun qo’yilgan talab mavjud emas. Lekin universitetdan oldingiz ta’lim muassasasida olingan baholarning yuqoriroq bo’lishi nomzodning tanlanish ehtimolini oshiradi.
  6. Nomzod ingliz tilini yaxshi egallagan bo’lishi lozim. Nomzoddan ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat (IELTS, TOEFL) so’ralishi mumikin.

Dasturga qabul jarayoni:

So’ralgan hujjatlarning barchasi e-mail orqali yuboriladi. Yozilgan insho, tavsiyanoma, ism-familiyangiz (pasportda qanday yozilgan bo’lsa, xuddi shunday bo’lishi kerak), nomzodning talabalik nomeri (ID number) va tug’ilgan yilingizni audra.cryder@uky.edu elektron manziliga «International Scholarship Selection Committee» mavzusi bilan yuboring.

Eslatma: Ushbu stipendiya dasturiga topshirishdan oldin Kentukky universitetidan ro’yxatdan o’tish lozim. Ro’yxatdan o’tish uchun MANA SHU HAVOLADADAN foydalaning.

Grant e'lon qilgan tashkilot:

University of Kentucky

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!