Kichik biznes boshqaruvchilari uchun Yevropa Ittifoqida amaliyot o’tash imkoniyati Kichik biznes boshqaruvchilari uchun Yevropa Ittifoqida amaliyot o’tash imkoniyati
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin. Qayerda: Yevropa Ittifoqi Ariza topshirish muhlati: 2015-yil 22-iyul Kim uchun: Kichik... Kichik biznes boshqaruvchilari uchun Yevropa Ittifoqida amaliyot o’tash imkoniyati
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: Yevropa Ittifoqi

Ariza topshirish muhlati: 2015-yil 22-iyul

Kim uchun: Kichik tadbirkorlar

Grant miqdori: To’liq qoplanadi

Davomiyligi: 2-5 haftagacha

Umumiy ma’lumot:

Yevropa Ittifoqining Menejerlarni tayyorlash Dasturi O’zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda O’zbekistondagi kichik bizneslarning menejerlari uchun Yevropa Ittifoqining 28 davlatida joylashgan kompaniyalarda amaliyot o’tash imkoniyatini taklif qiladi.

Kim uchun:

Kichik biznes uchun talablar:

  • Iqtisodning Dastur belgilagan sahalaridan birida faoliyat yuritayotgan (Ro’yxat SHU YERDA);
  • 100 foiz xususiy tadbirkorlik asosida ishlayotgan (ustav fondining 80 foizi O’zbekiston fuqarolariga tegishli bo’lishi kerak);
  • Xodimlar soni 5 tadan kam bo’lmagan va 200 tadan oshmagan;
  • Hech qayerdan qarzdorligi bo’lmagan (masalan, soliq va boshqa davlat organlarining majburiy to’lovlari).

Tadbirkorlar uchun talablar:

  • Oliy ma’lumotga ega;
  • 4 yildan ortiq ish tajribasiga ega;
  • Rahbar sifatida 2 yildan kam bo’lmagan tajribaga ega;
  • O’rta va katta rahbar (boshqaruvchi) bo’lish – kamida 3tadan ortiq bo’ysunuvchi xodimlarga ega bo’lgan;
  • Ingliz tilini yaxshi biladigan (yoki Yevropa Ittifoqi ichidagi yuboriladigan davlat tilini yaxshi bilishi);
  • Yaxshi muomala va prezentatsiya qilish mahoratiga ega;
  • Kompyuter va Internet bilan ishlay oladigan shaxslar.

Grant miqdori:

Dastur ishtirokchisidan safar xarajatlari uchun 400 Yevro miqdorda hissa qo’shish so’raladi. Boshqa barcha xarajatlar, jumladan, turar-joy, safar xarajaltlarining qolgan qismi, yashash dastur hisobidan to’lanadi.

Ariza to’ldirish tartibi:

Quyidagi talab qilinadigan hujjatlar 2 nusxada topshirilishi so’raladi:

  • Tashkilotning muhri bosilgan to’ldirilgan ariza shakli;
  • Tashkilotning tashkiliy tuzilishi;
  • Tashkilotning bukleti yoki u haqda qisqa prezentatsiya (PowerPoint shaklida);
  • Arizachining ingliz va rus tillaridagi rezyumesi;
  • Tashkilotning ro’yxatdan o’tish hujjatining va ustav hujjatining nusxasi;
  • Davlat soliq inspeksiyasidan tashkilotning qarzdorligi yo’qligi haqida ma’lumotnoma;
  • Tashkilotning xodimlar bo’limidan tashkilotdagi xodimlar soni haqida ma’lumotnoma;
  • Arizachining pasportidan nusxa;
  • Arizachining diplomidan nusxa;
  • 4 yildan kam bo’lmagan ish tajribasini isbotlovchi ma’lumonoma yoki mehnat daftarchasidan nusxa;
  • Tashkilotning xodimlar bo’limidan arizachining lavozimini va ish tajribasining muddatini (va necha kishi arizachiga bo’ysunishini) ko’rsatuvchi ma’lumotnoma.

Arizalar 2015-yi 22-iyundan 22-iyulgacha qabul qilinadi. Jismoniy manzil:

O’zbekiston Respublikasining Savdo-Sanoat palatasi, 206/1 kabinet, Toshkent shahri, Amir Temur prospekti 4. Pochta indeksi 100047 Mo’ljal: Toshkent shahar hokimiyati.

Ariza talablari va topshirish bo’yicha savollar bilan 8-371-2335901, 8-371-1506006 telefon raqamarliga yoki mtp@mtpeu.uz electron pochta manziliga murojaat qilish mumkin.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA

  • sherzod

    06/27/2015 #1 Author

    нимага фақат олий маълумот?

  • Mentor

    06/28/2015 #2 Author

    Sherzod,

    Shartlarga shu narsa qo’shilgan.