Latviya davlat stipendiyasi 2017-2018 yil uchun Latviya davlat stipendiyasi 2017-2018 yil uchun
Qayerda: Latviya Kim uchun: bakalavr, magistrura va aspirantura talabalari uchun Grant miqdori:  stipendiya bilan qoplanadi Ariza topshirish oxirgi sanasi: 1-aprel, 2017 2017-2018-yil uchun Latviya davlat stipendiyasiga... Latviya davlat stipendiyasi 2017-2018 yil uchun

Qayerda: Latviya

Kim uchunbakalavr, magistrura va aspirantura talabalari uchun

Grant miqdori stipendiya bilan qoplanadi

Ariza topshirish oxirgi sanasi: 1-aprel, 2017

2017-2018-yil uchun Latviya davlat stipendiyasiga ariza topshirish boshlanganini ma’lum qilamiz.

Stipendiyani chet-ellik talabalar, ilmiy izlanuvchi va o’qituvchilar olishi mumkin. Stipendiya o’qish uchun, ilmiy ish uchun va yozgi maktabda o’qish uchun beriladi. (Yozgi maktablar uchun ariza topshirish oxirgi sanasi 4-may)

  •  Latviyada o’qish asosan latviya tilida, ammo bir qator universitetlar ingliz tilida o’qishni ham taklif qiladi.
  • Bakalavriat va magistratura talabalari uchun stipendiya miqdori bir oyga 550€ ni tashkil qiladi.
  • Aspirantura talabalari uchun esa bir oyga 670€ .
  • Yozgi maktab qatnashchilari esa 711€ stipendiya bilan ta’minlanadi.
  •  Ilmiy izlanuvchilarga esa 5 oy muddatida bir kunga 30€ va 300€ oylik stipendiya to’lanadi.

Nomzodlarga qo’yiladigan talablar:

  • Linkda keltirilgan davlat fuqorosi bo’lishi lozim (O’zbekiston ham ro’yxatda mavjud);
  • Bakalavriatga topshiruvchi talabalar, o’z mamlakatlarida yoki Latviyada birinchi kursni tugallagan bo’lishlari lozim;
  • bakalavriat talablari va magistrlar stipendiyani 10 oy davomida olishadi, aspirantura talablari esa 11 oy davomida;
  • Latviya tarixi, Latviya madaniyati, Latviya filologiyasi, Latviya adabiyoti kabi yo’nalishdagi magistratura talabalariga 2 yil davomida stipendiya to’liq beriladi.

Stipendiya olish uchun quyidagi hujjatlar qabul qilinadi:

  • Rezyume
  • Motivatsion xat
  • Diplom nusxasi va baholar ilovasi
  • Ikkita tavsiyanoma nussxasi
  • Latviya oliygohlaridan biriga nomzodni qabul qilinishi to’g’risida xat nusxasi
  • O’qish rejasi
  • Ingliz tilini bilishini tasdiqlovchi hujjat nusxasi
  • Pasport nusxasi

Batafsil ma’lumotga o’tish uchun shu qatorni bosing

 

Fikr yo`q.

Birinchi bo'lib fikr bildiring.