Liderlik va xalqaro aloqalar bo’yicha AQShda yozgi maktab

22
171 marta o'qildi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: AQSh

Ariza topshirish muhlati: 2017-yil 6-yanvar

Kim uchun: 3, 4, (5)-kurs hamda magistratura bosqichi talabalari

Grant miqdori: To’liq qoplanadi

Dastur davomiyligi: Bir oy

Umumiy ma’lumot:

Yetakchilik va Xalqaro Aloqalar bo’yicha Hansen Yozgi Instituti 2017-yil iyul oyida San-Diyego Universitetining Yetakchilik va Ta’lim fanlari fakultetida bo’lib o’tadigan xalqaro yozgi maktabga taklif etadi. Dasturga Hansen Jamg’armasi homiylik qiladi.

Dasturning maqsadi yosh olimlarning xalqaro jamiyatini yaratishdan iborat bo’lib, ular kelajakda yozgi maktabda olgan yetakchilik bilim va tajribasi hamda o’rnatgan do’stlik aloqalari orqali dunyoga tinchlik o’rnatishga hissa qo’shishi ko’zda tutilgan. Dastur qarama-qarshiliklarni bartaraf qilish, vositachilik va xalqlararo yaxshi munosabatlarni yo’lga qo’yish bo’yicha leksiya ko’rinishidagi bilimlar berish bilan birga, tajriba asosida ham o’tiladigan treninglar tashkil qiladi. Dastur ko’nikmalari ishtirokchilarni “yetakchilik qurollari” bilan ta’minlaydi.

Dastur, shuningdek, San-Diyego shahridagi tarixiy va madaniy joylarga va tadbirlarga safarlar, AQSh mustaqilligi kuni munosabati bilan uyushtiriladigan parad, beysbol sport o’yini hamda dengizda kemada sayohat qilish kabi imkoniyatlarni ham taklif qiladi.

Dastur 2017-yil 29-iyundan 25-iyulga qadar davom etadi. (Dastur kunlari o’zgarishi mumkin).

Kim uchun:

Muvaffaqqiyatli nomzodlar o’qishdan tashqari boshqa tashkilotlarda, jamoatchilik tashkilotlarida, mahalla va nodavlat tashkilotlarda faollik ko’rsatib, yetakchilik xislatlarini namoyon qilgan bo’lishi lozim. Tashkilotlardan olingan tavsiyanoma katta ahamiyat kasb etadi.

  • Universitetning kamida 2 yilini o’qib tugatgan (demak, 3, 4 va/yoki 5-kurs) hamda magistratura bosqichi talabalari;
  • 2017-yil 1-iyulda 20-25 yosh oralig’ida bo’lganlar;
  • O’qishdan tashqari, mahalliy, davlat yoki mintaqaviy miqyosda yetkachilik qobiliyatini namoyon qilganlar;
  • Arizachining ingliz tilini bilish darajasi haqida ma’lumotnoma bera oladigan akademik maslahatchi/o’qituvchiga ega bo’lganlar;
  • Yozgi maktab uchun AQShga kelishga viza olish uchun yaroqli nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Muqaddam AQShda bo’lmagan arizachilarga afzallik beriladi.

Grant miqdori:

  • Turar-joy va oziq-ovqat;
  • Mahalliy transport;
  • Dastur materiallari;
  • Tibbiy sug’urta;
  • AQSh vizasi uchun to’lov xarajatlari;
  • Ishtirokchi mamlakatidan San-Diyego shahriga kelib ketish safar xarajatlari dastur tomonidan qoplanadi.

Ariza to’ldirish tartibi:

Ariza onlayn tarzda to’ldiriladi. Arizani to’ldirish uchun yozgi maktabning saytida SHU YERDA ro’yxatdan o’tish lozim. Shundan so’ng, shaxsiy ma’lumotlar, o’qishdan tashqari mashg’ulotlar, yetakchilik, ijtimoiy tadbirkorlik va xalqaro aloqalar sohasida savollar so’raladi. Arizada berilgan savollarga insho tarzida javob yozish hamda universitetdagi baholarini ilova qilish so’raladi.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA 

 

22 Izohlar

  1. Salom, savolim quyidagicha: Agar tavsiyanomalar va baholar ilova qilinsa, ular qaysi tilda ikova qilinishi kerak? Uzbek tilidami yoki notarial tasdiqdan utgan ingliz tilidami? javobingiz uchun oldindan rahmat!

  2. Farrux,
    Hammasi ingliz tilida topshiriladi. Baholar notarius tomonidan tasdiqlanishi kerak, lekin tavsiyanomalar shart emas.

  3. Assalomu alaykum Man Xorazm vloyatida man savolim shunaqa javob uchu oldindan rahmat Man 2013 yili Urganch \DAvlat Universitetining Tarix 9mamlakatlkar va mintaqalar bo’yicha\0 mutaxassisligini bakalavr darajasini bitkazganman man bu grantda qatnashishim mumkinmi|?

  4. assalomu aleykum man quydagi savol bilan murojat qilmoqchidim boshqa tashkilotlarda ishlagan bo’lishi shartmi? u yerga borish uchun suxbat bo’ladimi yoki imtixon? Javob uchun oldindan rahmat☺

  5. Assalomu alaykum men hali bunga uxshash saytlarga birinchi bor kirishim ingliz tilidan biror bir darajaga ega bulish shartmi yoki yuq ya’ni IELTS shartmi

  6. Men biror joyda ishlamaganman lekin ingliz tilim yaxshi va talablarga javob beraman desa ham bòladi men mana shu grantga ariza topshirsam bòladimi?

  7. Avalan bor Asalomu Alekum man bu saytni deyarli klentiman men hozirda ||| kursda o’qiman men kolejni bitirib Korea davlatidagi boror bir universitedga topshirmoqchi edim menga puli qiziqtirmaydi men universitedan keyin yaxwiroq ishga kirmoqchiman hozirda English kursiga borvotiman iltimos biror bir malumot bersangiz hozirda men qaysi universitedga topshirishni bilmay turiman? JAVOB UCHUN OLDINDAN RAHMAT

  8. Salom sayt ijodkorlari sizlarga katta raxmat bu sayt kopchilikka yordam beradi Menda bir iltimos bor edi Latviyaning Turiba universiteti grantlari haqida kuproq malumot bersangiz oldindan raxmat

  9. Salom, bu dasturda faqat student yoki magistraturada o’qiyotgan bo’lish kerak ekan lekin magistraturani tamomlagan universitet xalqaro aloqalar bo’limida ishlaydiganlar ham topshirishi mumkindir balki (qolgan talablari mos kelganda)?

  10. Ingliz tilidan sertifikatim yo’q ammo gaplasha olaman baholarim hammasi a’lo.hozirda stomatologiya institutida 5 kurs talabaman.men ham qatnasha olamanmi.agar ha bo’lsa kimga murojaat qilishim kerak iltimos aytvoring.javobiz uchun oldindan raxmat

  11. Salom!savolim.xujjatlarni qayerda topshirish kerak va qanoqa xujjat taxlashim lozim..

  12. Salom. Man tushunmadim, baholarni nimasini natariusdan o’tqazish kerak, sizlarga original diplomdagi baholarni ilovasini kopiya qilib jo’natsa bo’ldi emasmi?

  13. Assalomu alaykum. Men online tarzda ro’yxatdan o’rdim. Lekin hech qanday qo’shimcha ariza to’ldirmadim. Faqat elektron manzilni yozish kerak ekan. Shu holosmi?

  14. Salom, savolim: AQSH ga kelish uchun yaroqli deganingizda kasalligi yo’qmi degan ma’nodami?

  15. Bekchon, pasporti joyida, viza berishga halaqit qilmaydigan muammolari yo’q, degani.