Londonda tadbirkorlar va ixtirochilar uchun amaliyot dasturi Londonda tadbirkorlar va ixtirochilar uchun amaliyot dasturi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin. Qayerda: London. (B. Britaniya) Kim uchun: 20 – 35 yoshdagilar. Ariza... Londonda tadbirkorlar va ixtirochilar uchun amaliyot dasturi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: London. (B. Britaniya)

Kim uchun: 20 – 35 yoshdagilar.

Ariza topshirish muhlati: 2017-yilning 30-apreligacha.

Grant turi: Amaliyot.

Collektiv Global Accelerator Tashkiloti Londonda 4 haftalik amaliyot dasturiga arizalar qabul qilishni boshladi. Amaliyot davomida soha murabbiylari tomonidan qatnashchilar uchun o‘quv seminarlar tashkil etadi. Shuningdek, yetakchi investorlar bilan ham muloqotlar o‘tkaziladi.  Dasturda butun dunyodagi tadbirkorlar va ixtirochilar ishtirok eta oladilar. Ushbu dastur, tadbirkorlarning ijtimoiy korxonalar tashkil etish va uni rag‘batlantirishga qaratilgan zarur bilim-ko‘nikma hosil qilishlari uchun barcha sharoitlar yaratadi. Dastur 2017-yilning 7-avgustidan 4-sentabr muddatida bo‘lib o‘tadi.

 Grant miqdori:

  • Samaliyot chiptasi;
  • Londonga safar xarajatlari;
  • Amaliyot davomida yashash;
  • Oziq-ovqat bilan ta’minlash;
  • Kichik stipendiya;

 Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

 20 – 35 yosh oralig‘ida bo‘lishi;

  • Nomzodlar o‘z biznesiga ega va uni rivojlantirishning boshlang‘ich bosqichida bo‘lishlari, bu tijorat yoki notijorat korxona bo‘lishi ham mumkin, lekin ular allaqachon muvaffaqiyatli biznes tajribaga ega ekanligini isbotlay oluvchi da’vogarlar;
  • Faoliyatida muhtoj odamlarga imkoniyat yaratib berishi;
  • O‘z g‘oyasida sog‘liqni saqlash, jamiyatni rivojlantirishga qaratilgan ta’lim yoki ishga urg‘u bergan bo‘lishi;

Dasturning ichchi tili – ingliz tili hisoblanadi.

To‘liq ma’lumot: SHU YERDA

 Nurillo TO‘XTASINOV tayyorladi.

Grantlar telegram kanaliga qo`shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo`lib, xabardor bo`ling!

Fikr yo`q.

Birinchi bo'lib fikr bildiring.