×

Lund universiteti: Bakalavriat va magistratura uchun grantlar


Grant

MUHLAT

28.02.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shvetsiya

O'QILGAN

2280 marta

Shvetsiyaning Lund universiteti iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash maqsadida stipendiyali dastur e’lon qildi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr va magistr darajasini egallamoqchi bo’lganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur kontrakt to’lovining 25%, 50%, 75% va 100% gacha bo’lgan miqdorini qoplab beradi. Foizlar ko’rsatkichi fakultetga qarab belgilanadi, bunda talabaning o’zlashtirish ko’rsatkichi e’tiborga olinmaydi. Lekin talabalarning yashashi uchun ketadigan mablag’ni dastur qoplamaydi.

Talablar:

  • Nomzod Yevropa ittifoqi va Yevropa iqtisodiy hududiga kirmaydigan davlat fuqarosi bo’lishi va to’lov-shartnoma asosida o’qishga qabul qilingan bo’lishi kerak.
  • Nomzod bakalavr yoki magistraturada kamida 1 semestr (30ects) davom etadigan kursdan birini tanlashi kerak.

Kimlar qabul qilinadi:

Grant g’oliblari raqobatbardosh muhitda tanlab olinadi.
Ushbu dasturga hujjat topshirish uchun dastlab, Lund universitetida kursda o’qishni xohlasangiz, o’sha kursgaga www.universityadmissions.se orqali anketa to’ldirasiz. Biror kursga yoki bakalavr/magistratura bosqichiga anketa to’ldirib, hujjat topshirganingizdan keyin, kurslardan kamida 30 ECTS (baholash sistemasi) ga ega bo’lsangiz, va ariza pulini to’lagan bo’lsangiz, ushbu grantga hujjat topshirishingiz mumkin.

Dasturning boshlanishi:

2018-09-01

Dasturga qabul jarayoni:

2018 yil kuzgi semestrdan o’qishni xohlovhilar uchun 2018-yil fevraldan hujjatlar qabul qilina boshlaydi.  

Hujjat topshirayotganda 600 ta so’zdan oshmagan motivatsion xat yozishingiz ham kerak bo’ladi. Unda sizning akademik ko’rsatkichlaringiz va baholaringiz qay darajada sizni ushbu grantga loyiq ekaningizni isbotlashini ko’rsatishingiz kerak bo’ladi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!