Madaniyat boshqaruvi sohasi vakillari uchun Germaniyada trening Madaniyat boshqaruvi sohasi vakillari uchun Germaniyada trening
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin. Qayerda: Myunxen, Germaniya Ariza topshirish muhlati: 2015-yil 30-iyun Kim uchun:  30-45... Madaniyat boshqaruvi sohasi vakillari uchun Germaniyada trening
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: Myunxen, Germaniya

Ariza topshirish muhlati: 2015-yil 30-iyun

Kim uchun:  30-45 yosh orasidagi madaniyat boshqaruvi vakillari

Grant miqdori:  To’liq qoplanadi

Qachon: 2015-yil, 26-oktabr – 6-noyabr kunlari

Umumiy ma’lumot:

Madaniyatni boshqarish va madaniy siyosat bo’yicha xalqaro forum Germaniyaning Myunxen shahri madaniy institutlari va budun dunyo bo’ylab madaniyatni boshqarish sohasida faoliyat yuritayotganlarni 10 kunlik anjumanga taklif qiladi. Dasturning maqsadi amaliyotda ishlayotgan madaniyat boshqaruvchilarini shu soha qonun-qoidalari va siyosatini belgilovchi vakillar bilan tanishtirish va o’zaro almashinuvga imkon yaratish.

Dastur Gyote instituti tomonidan tashkil qilinadigan 10 kunlik intensiv treningdan iborat bo’lib, Myunxen shahri madaniyat boshqaruvi bo’limi bilan hamkorlikda olib boriladi. Trening 2015-yil  26-oktabrdan 6-noyabrgacha davom etadi. Dastur ingliz tilida olib boriladi. Dasturda qamrab olinadigan mavzular:

  • Madaniyat boshqaruvi va siyosati sohasida tanqidiy fikr yuritish;
  • Madaniy jamg’arma;
  • Auditoriyani shakllantirish;
  • Madaniyat sohasi marketingi;
  • Yetakchilik;
  • Xalqaro netvorking va hamkorlik.

Forum Myunxendagi turli madaniy institutlarda (muzey, teatr, galereya va boshqa joylarda) bo’lib o’tadi. Shuningdek, forumda ishtirokchilar topshirgan loyihalarni muhokama qilish uchun ham o’rin ajratilgan. Muhokama davomida barcha ishtirokchilar loyihaga o’zlarining izhohlari, taklif va savollarini berib, ishtirokchi ishlayotgan loyihaning yanada yaxshi holatga kelishiga yordam beradi.

Kim uchun:

  • 30-45 yosh oralig’ida bo’lganlar;
  • Ingliz tilini mukammal biladigan;
  • Madaniyat sohasida kamida 5 yillik professional tajribaga ega;
  • Trening davomida muhokama qilish uchun arizachi o’z faoliyatidagi loyihasini topshirishi so’raladi.

Grant miqdori:

Gyote instituti safar xarajatlarini qoplab, dastur davomida tibbiy sug’urta, turar-joy va stipendiya bilan ta’minlaydi.

Ariza to’ldirish tartibi:

Arizalar onlayn tarzda SHU YERDA topshiriladi. Ariza ingliz tilida to’ldiriladi. Ariza to’ldirishning so’nggi muhlati 2015-yil 30-iyun. Dastlabki natijalar 2015-yil iyul oyida e’lon qilinadi va tanlangan nomzodlar bilan telefonda intervyu o’tkaziladi. Sentabr oyining o’rtalarida barcha ishtirokchi va tashkilotchilar bilan birgalikda onlayn tanishuv konferensiyasi uyushtiriladi. Treningdan 6 oy o’tgach, ishtirokchilar bilan birgalikda yana bir onlayn seminar o’tkaziladi.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA 

«Grantlar.Uz» saytidan «EXCLUSIVE» xizmat

Yuqoridagi grant uchun anketa va hujjatlaringizni tayyorlashda

YORDAM OLISHNI XOHLAYSIZMI?

 

Aloqa:

E-mail: axborot@grantlar.uz

 

⇒ BATAFSIL MA’LUMOT ⇐

Fikr yo`q.

Birinchi bo'lib fikr bildiring.