×

Malayziyada doktorlik va postdoktorlik uchun grantlar!


Grant

MUHLAT

31.03.2015

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Malayziya

O'QILGAN

1783 marta

Malayziya Xalqaro Grantlar dasturi Malayziya davlati tomonidan tashkil etilgan bo’lib, butun dunyodan turli sohalarda doktorlik hamda postdoktorlik uchun talabalarni ilmiy izlanishga taklif qiladi. Dastur quyidagi sohalarda ishtirokchilarni o’qish va ilmiy izlanishga qabul qiladi:

  • Muhandislik va aniq fanlar;
  • Qishloq xo’jaligi va baliqchilik;
  • Iqtisodiyot va Islomiy moliya;
  • Axborot va Aloqa texnologiyalari;
  • Biotexnologiya;
  • Bio-xavfsizlik va oziq-ovqat xavfsizligi;
  • Infratuzilmalar va kommunal xizmat;
  • Atrof-muhitni o’rganish;
  • Sog’liqni saqlash (hamshiralik, tibbiyot, klinik farmasevtikadan tashqari).

Grant kimlar uchun?

45 YOSHDAN OSHMAGAN SHAXSLAR UCHUN

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant quyidagi xarajatlarini qoplaydi:

  • Dasturga qabul qilingan ishtirokchi davlatining poytaxtidan Malayziyagacha samolyot bileti;
  • O’qish xarajatlari;
  • Oylik stipendiya;
  • Yillik kitoblar uchun hamda ichki sayohat uchun mablag’;
  • Tibbiy sug’urta;
  • Dastur boshida va oxirida beriladigan mablag’;
  • Ilmiy ish tezisi uchun mablag’;
  • Viza xarajatlari.

Talablar:

Doktorlik uchun:

  • 40 yoshdan oshmagan shaxslar;
  • Bakalavrlikni GPA baholash shkalasi bo’yicha 3.5 ball yoki imtiyozli diplom bilan bitirganlar.

Postdoktorlik uchun:

  • Ariza topshirish vaqtida 45 yoshdan oshmagan;
  • Magistrlik diplomini GPA baholash shkalasi bo’yicha 3.5 ballga tugatgan;
  • Kitoblar, jurnallarda ilmiy maqolalar chiqargan va boshqa shunga o’xshash ilmiy ishlarda o’zini ko’rsatgan;
  • Ilmiy izlanish usullarini a’lo darajada bilgan shaxslar.

Ikkala dastur uchun ham ishtirokchilar:

  • IELTS sinovidan 6.5 ball olgan yoki;
  • TOEFL PBT dan 580 yoki CBTdan 230 yoki IBTdan 92 ball olgan;
  • Sog’lig’i yaxshi bo’lgan (buni tasdiqlovchi ma’luotnoma bilan);
  • Ta’lim yo’nalishida ilmiy izlanish rejasiga ega;
  • Malayziya universitetlaridan birida doktorlik yoki postdoktorlik uchun o’qishga qabul qilingan (qabul xati yetarli) bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza onlayn shaklda ushbu grant dasturining vebsaytida to’ldiriladi. Ariza to’ldirish uchun SHU YERDA ro’yxatdan o’ting.

Ariza to’ldirish jarayonida boshqa hujjatlar bilan birgalikda quydagilar so’raladi:

  • Tibbiy ma’lumotnoma – shaklni SHU YERDA yuklab oling;
  • Tavsiyanoma –shaklni SHU YERDA yuklab oling;
  • Ingliz tilini bilishingizni tasdiqlovchi test natijalari;
  • Va boshqalar.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!