Malayziyada xalqaro yoshlar yozgi maktabi

0
291 marta o'qildi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: Tunku Abdul Rahmon universiteti (Malayziya)

Kim uchun: 16 – 21 yoshlilar

Ariza topshirish muhlati: 30-aprel 2017-yilgacha.

Grant turi: Bepul yozgi maktab.

Umumiy ma’lumot

Osiyo Fan Kamp butun dunyodan 16 – 21 yoshlardagi ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan eng ilg‘or yoshlarni bepul yozgi maktabga taklif etadi. Dasturdan maqsad, Osiyo, Okeaniya va Avstraliya mintaqalaridagi yangi avlod vakillari o‘rtasidagi xalqaro do‘stlik va hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar muloqotini faollashtirishdir. Shuningdek, eng yaxshi olimlar va texnologlar bilan muloqot o‘tkaziladi. Bir necha Nobel mukofoti sohiblari mashhur fan olimlari o‘qituvchi sifatida qarorgohga taklif etilgan. Qolaversa, tashkilotchilar tomonidan o‘zaro munozaralar, ma’ruzalar, talabalarning prezentatsiyalar amaliyoti, qo‘shimcha o‘quv faoliyati hamda turli ekskursiyalar amalga oshiriladi. Ingliz tili – dasturning ishchi tili etib belgilangan. Yozgi maktab shu yil(2017)ning 20 – 26-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

  • 16 – 21 yosh oralig‘ida bo‘lishi;
  • Ingliz tilini a’lo darajada bilishi;
  • Fizika, kimyo va matematika fanlarini yaxshi bilishi;
  • OTM, kollej yoki maktablarning tavsiya maktublari;

Grant miqdori:

  • Ro‘yxatdan bepul o‘tish;
  • Turar joy va oziq-ovqat;
  • Lager dasturidagi boshqa xarajatlar;

 Ishtirokchilar yo‘l xarajatlarni o‘zlari qoplaydilar. Tashkilotchilar har qanday tibbiy xarajatlarga javobgar emas. Shuning uchun tibbiy sug‘urta sotib olish tavsiya etiladi.

Lagerda ishtirok faqat taklifnoma orqali amalga oshiriladi. Tashkilotchilar  har bir mamlakat va mintaqalarga maxsus taklifnomalar yuboradi.

Qiziqtirgan savollarga info@asc2017.net elektron manzili yoki +60-3-9086-0288, +60-3-9019-3188 raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

 

To‘liq ma’lumot: SHU YERDA

 Nurillo TO‘XTASINOV tayyorladi.

Grantlar telegram kanaliga qo`shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo`lib, xabardor bo`ling!