×

Markaziy osiyoliklar uchun Jorj Vashington universitetida besh oylik tadqiqot dasturi


Grant

MUHLAT

29.04.2016

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1741 marta

Jorj Vashington Universiteti Xalqaro ishlar Elliot maktabi 2016-yil kuz semestri uchun Markaziy Osiyo stipendiya dasturiga arizalar qabul qilishni boshladi. Unda yosh professional tadqiqotchilar, hukumat rasmiylari, ekspertlar, inson huquqlari va demokratiya faollari hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari bo’yicha tadqiqot qiluvchilar qatnashishi mumkin.

Dasturga qabul qilinganlar besh oy davomida AQSh poytaxti Vashingtonda yashab tadqiqot olib boradi. Ular Vashington va Nyu-Yorkdagi hukumat idoralari va ilmiy dargohlarda ham bo’lib, turli seminar va treninglarda ishtirok etadi.

2016-yilgi dastur uchun tanlangan mavzu: Markaziy Osiyoda va Ozarbayjona iqtisodiyot va jamiyat. Dastur 2016-yil 15-avgust dan 2017-yil 15-yanvargacha davom etadi.

Grant kimlar uchun?

MARKAZIY OSIYOLIK TADQIQOTCHILAR UCHUN

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Qatnashchilar 3000 dollar oylik maosh bilan ta’minlanadi va Vashingtonga kelish-ketish xarajatlari qoplanadi.

 

Talablar:

Kim uchun:

Dasturga quyidagilar ariza topshirishi mumkin:

  • 25 va 40 yosh orasida bo’lganlar;
  • Markaziy Osiyo davlatlaridan biri yoki Ozarbayjon fuqarosi bo’lgan va hozir ushbu besh davlatdan birida yashayotganlar;
  • Hukumat idoralarida, ta’lim dargohlarida yoki inson huquqlari va demokratiya sohasida ishlaganlar;
  • Qatnashchilar ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish tartibi:

Topshiriladigan hujjatlar:

1. Dasturda qatnashishdan maqsadlari ifodalangan xat;
2. Yuqoridagi mavzu bo’yicha yoziladigan ilmiy maqolaning rejasi.
3. Besh betdan ortiq bo’lmagan rezyume.
4. Tavsiyanoma beruvchi ikki shaxsning ismi, ish va aloqa ma’lumotlari (e-mail);
5. Markaziy Osiyoda yashashini tasdiqlovchi deklaratsiya (Nomzodning o’zi yozadi).

Nomzodlar mavzu tanlaganda Markaziy Osiyoning bir yoki bir nechta davlatini qamrab olishlari mumkin. Ilmiy maqola rejasida quyidagi savollarga javob berishlari kerak:

  1. Nima uchun siz tanlagan muammo yoki qiyinchilik Markaziy Osiyo uchun eng muhim masala?
  2. Uni bartaraf etish uchun nimalar qilingan?
  3. Muammoni barataraf etish uchun nimalarni tavsiya qilasiz?

Onlayn ariza 2016-yil 29-aprelgacha SHU YERDA to’ldirilishi shart. Qabul qilinganlarga may oyi oxirigacha xabar beriladi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!