×

Markaziy Yevropa Universitetida turli sohalarda magistraturada o’qish uchun grant!


Grant

MUHLAT

01.02.2017

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Vengriya

O'QILGAN

195 marta

Markaziy Yevropa Universiteti Vengriyaning Budapesht shahrida joylashgan bo’lib, AQSh va Vengriyada akkreditatsiyadan o’tgan. Dastur quyidagi sohalar bo’yicha magistraturaga arizalarni qabul qiladi:

  • Biznes;
  • Miya tadqiqotlari;
  • Iqtisodiyot;
  • Atrof-muhit (ekologiya) va uning siyosati;
  • Gender;
  • Tarix;
  • Xalqaro aloqalar;
  • Huquqshunoslik;
  • Matematika;
  • O’rta asrlar tarixi;
  • Milliylik yoki millatchilik (Nationalism studies);
  • Tizim fanlari (doktorantura) (Network science);
  • Falsafa;
  • Siyosatshunoslik;
  • Davlat boshqaruvi;
  • Jamiyatshunoslik va Ijtimoiy antropologiya.

Grant kimlar uchun?

BAKALAVRNI TAMOMLAGANLAR

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitet magistratura uchun ikki turdagi grant dasturini taklif etadi:

A’lo darajadagi magistratura granti

  • O’qish xarajatlari;
  • Tibbiy sug’urta;
  • Turar-joy;
  • Oyiga 96,000 HUF stipendiya

Magistratura granti:

  • O’qish xarajatlari;
  • Tibbiy sug’urta;
  • Turar-joy;
  • Oyiga 50,000 HUF stipendiya.

Dasturga qabul qilingan nomzodlar Budapeshtga safar xarajatlarini o’z hisoblaridan qoplashi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza to’ldirish tartibi:

Ariza to’ldirish uchun so’nggi muhlat 2017-yil 1-fevral. Quyidagilar ariza tarkibiga kiradi:

  • Ariza shakli SHU YERDA;
  • Tavsiyanomalar;
  • Diplom va baholar;
  • Rezyume;
  • Maxsus dasturga tegishli hujjatlar;
  • Ingliz tilini bilishini tasdiqlovchi test natijalari (IELTS yoki TOEFL test natijasiga ega bo’lmaganlar, universitet tomonidan tashkillashtiriladigan testda ishtirok etish uchun maxsus formani to’ldirishi mumkin);
  • Ariza to’ldirish to’lovi.

Markaziy Yevropa Universitetiga ariza topshirish uchun ariza to’lovini to’lash lozim bo’lib, ariza to’lovi 30 yevrodan iborat. Bir marta to’lov to’lash bilan bir nechta dasturga ariza topshirish mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!