Matematika, fizika va aniq fanlar bo’yicha Italiyada doktorantura dasturi

6
75 marta o'qildi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: Italiya

Ariza topshirish muhlati: 2015-yil 31-mart

Kim uchun: Xalqaro talabalar

Grant miqdori: To’liq qoplanadi

Umumiy ma’lumot:

Italiyaning Triest shahrida joylashgan Oliy Darajadgi O’qishlar Xalqaro Maktabi xalqaro talabalardan fizika, matematika va boshqa aniq fanlar bo’yicha 2015-2016-o’quv yili uchun doktoranturaga arizalar qabul qiladi. Dastur quyidagi sohalarni qamrab oladi:

  • Fizika;
  • Geometriya va matematik fizika;
  • Matematik tahlil, modellashtirish va tatbiq qilish;
  • Astrofizika;
  • Kimyo;
  • Nazariy fizika;
  • Nevro-biologiya;
  • Kognitiv nevrologiya;

Doktorantura dasturi 3 yil davom etadi, 4-yilga ham cho’zilishi mumkin.

Kim uchun:

  • Magistratura diplomiga ega xalqaro talabalar

Grant miqdori:

  • Ta’lim xarajatlari;
  • Tibbiy sug’urta;
  • Yashash xarajatlari;
  • Safar xarajatlari qoplanadi.

Dasturning 4-yili uchun grant 3-yilning oxirida belgilanadi.

Ariza to’ldirish tartibi:

Ariza onlayn tarzda SHU YERDA to’ldiriladi. Ariza to’ldirish uchun avval ro’yxatdan o’tishingiz kerak. Arizaga quyidagi hujjatlar «pdf» shaklida ilova qilinishi lozim:

  • Rezyume;
  • Universitet diplomining baholar varaqasi (ingliz, fransuz, nemis, italyan yoki ispan tillaridan biriga tarjima qilinishi lozim);
  • Diplom (yuqoridagi tilllardan biriga qilingan tarjimasi bilan);
  • Agar bo’lsa, diplom ishining nusxasi.

Qo’shimcha ma’lumot yoki savollar uchun phd@sissa.it manziliga bog’laning.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA 

6 Izohlar

  1. salom Doktoranturaga qachon xujjat topshirsa boladim xujjatlarni qachongachan topshirish kerak