“McKinsey&Company” tashkilotining Keyingi Avlod Ayol Liderlari mukofoti

0
60 marta o'qildi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: Turli joylarda

Ariza topshirish muhlati: 2015-yil 30-noyabr

Kim uchun: Lider ayollar

Mukofot miqdori: 2000 yevro va boshqalar imkoniyatlar

Umumiy ma’lumot:

“McKinsey&Company” konpaniyasi Keyingi Avlod Ayol Liderlari mukofotini taqdim qiladi.  Bu mukofot Makkinzi kompaniyasi va undagi xodimlar  hamda qiziqish va intilishlari bir xil bo’lgan ilg’or ayollar bilan tanishish uchun yaxshi imkoniyatdir.

Mukofot miqdori:

  • O’qish xarajatlari uchun, ish haqi berilmaydigan yozgi amaliyot dasturlari uchun, ko’ngilli ish (volontyorlik), ilmiy tadqiqot, mustaqil loyiha/ijtimoiy tadbirkorlik loyihasi yoki boshqa yaxshi g’oya taklif uchun 2000 yevro miqdorida pul;
  • Makkinzi kompaniyasi konsultantlari tomonidan individual maslahatlar (mentorlik dasturi orqali);
  • Makkinzi kompaniyasining tadbirlariga taklifnoma (tekin).

Kim uchun:

Mukofot dasturi uchun talablarga javob beradigan nomzodlar taklif qilinadi:

  • Yevropa, Yaqin Shart va Afrikadan bo’lgan, jumladan O’zbekistondan ham bo’lgan ayollar;
  • Ayni damda istalgan soha va yo’nalish bo’yicha bakalvr, magistratura yoki doktorantura dasturida o’qiyotgan;
  • Yoki istagan sohada professional tajribaga ega bo’lgan ayollar.

Ariza topshirish tartibi:

  • Rezyume;
  • Dasturdan qatnashishni istagini ifodalovchi bir betlik xat (Unda o’z yetakchilik ko’nikmalaringizni namoyish qilishga sabab bo’lgan qiyin situatsiyani tasvirlash so’raladi);
  • Akademik baholar nusxasi (dastur nomzod qaysi davlatdan topshirayotganligiga qarab, baholar nusxasi universitet tomonidan yuborilishini so’rashi mumkin).

Ariza topshirishning so’nggi muhlati 2015-yil 30-noyabr.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA