«Mentoring» xorijda o’qish uchun bilim va malakalarini oshirishni hamda grant yutish imkoniyatlarini kuchaytirishni istovchi talaba va mutaxassislar uchun mo’ljallangan uzoq muddatli dasturdir. Ushbu dasturga qabul qilingan har bir shaxs uchun hozirgi imkoniyatlari va ta’lim olish yoki malaka oshirish bo’yicha oldiga qo’ygan maqsadlariga qarab individual reja ishlab chiqiladi hamda shu reja asosida ularga davomiy ko’nikma va yo’l-yo’riq ko’rsatib boriladi.

Masalan, siz hozir bakalavrlikning dastabki kurslarida o’qiyotgan bo’lsangiz va magistraturani o’z sohangizda xorijda o’qishni istasangiz, biz sizga bunga qanday erishish sirlari va yo’l-yo’riqlarini o’rgatamiz.

Ushbu dastur doirasida xorijda tahsil olgan, siz o’qimoqchi bo’lgan chet tilida ravon gapiradigan va grantlarni topish va ularga qanday muvaffaqiyatli hujjat topshirish yo’l-yo’riqlarini yaxshi biladigan mutaxassis sizga biriktirib qo’yiladi. U sizga tarbiyachi – mentorlik vazifasini o’taydi.

Mentor sizga chet tilini qanday tez va samarali o’rganish sirlaridan tortib qanday a’lochi talaba bo’lish, o’z sohangizda qanday qilib malakali mutaxassis bo’lib yetishishgacha bo’lgan bosqichlar bo’yicha amaliy va motivatsiya beruvchi maslahatlar berib boradi.

Lozim bo’lsa, sizga qanday til kurslarini olishingizni, qanday kitoblarni o’qishingizni, yana qanday o’quv materiallaridan foydalanishingizni tavsiya qiladi va ularni topishda yordam beradi. Chet tilini o’rganish jarayoningiz qanday kechayotganini kuzatib, siz bilan yaqindan ishlaydi.

Kelajakda grant dasturlariga topshirganingizda sizning kuchli va ajralib turadigan jihatlaringizni qanday shakllantirish, darsdan tashqari ijtimoiy tadbir va mashg’ulotlarda ko’ngilli sifatida tajriba va ko’nikmalarni qanday qo’lga kiritish yo’llarini o’rgatadi va sizni ularga hozirdan tayyorlab boradi.

Grant dasturlariga topshirish muddati yetganda, ularga har tomonlama tayyor bo’lishingiz va boshqalardan ajralib turadigan nomzodga aylanishingiz uchun o’z ustingizda ishlashingiz lozim bo’lgan barcha jihatlarga e’tibor qaratadi va shu asosda ishlab chiqilgan reja bo’yicha tayyorlanib borishingizni ta’minlaydi.

Ayni paytda «Mentoring» dasturiga talabalar qabul qilinmayapti. Kelajakda ushbu dasturda qatnashishni istasangiz, quyidagi forma orqali bizga o’z xohish-istagingizni bildiring.

Ismingiz (shart)

Familiyangiz (shart)

E-mail manzilingiz (shart)

Telefon raqamingiz (ixtiyoriy)

Mavzu

Savol yoki maktubingiz

Сохранить