Moliya sohasida AQShda amaliyot o’tash imkoniyati

3
74 marta o'qildi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: AQSh

Ariza topshirish muhlati: 2015-yil 30-sentabr

Kim uchun:  Moliya va shaxsiy boylikni boshqarishga qiziqqanlar

Grant miqdori:  To’liq qoplanadi

Umumiy ma’lumot:

DrayvVels tashkiloti moliyaviy barqarorlik, shaxsiy moliya/boylikni boshqarish kabi sohalarda o’z bilimlari hamda qolaversa, jamoatchilik bilimini oshirmoqchi bo’lgan nomzodlarni yozgi amaliyot dasturiga taklif qiladi.

Amaliyot davomida ishtirokchilar tashkilotning kundalik moliya, xalqaro yurisdiksiya, fondlarni boshqarish kabi qator masalalarini amalga oshirishda yordam beradi. Amaliyotchilar Nyu-York shahridagi Nyu-York Federal Zaxira banki hamda Nyu-York Birja Bozoriga ham sayohatga olib boriladi.

Kim uchun:

  • Dasturga nomzod bo’lish uchun arizachi o’z mahalliy aholisi (tashkilot, guruh, talabalar, o’quvchilarga) moliya savodxonligidan saboq berishini (trening, dars, seminar o’tkazishi) tasvirlaydigan video lavha yuborishi lozim. Videoni topshirish bo’yicha saytdan ro’yxatdan o’tgach, kengroq ma’lumot olish mumkin.
  • Nomzodlar 18-30 yosh orasida bo’lishi lozim.
  • Moliya sohasida bilimga ega yoki shu sohaga qiziqqan va eng muhimi, insonlar hayotini ularga shaxsiy moliyaviy boshqarishni o’rgatish orqali yengillik kiritishga bel bog’lagan yoshlar bo’lishi lozim.
  • Dasturda qatnashish uchun biror diplomga yoki darajaga ega bo’lish talab etilmaydi.
  • Ingliz tilida kamida o’rtacha darajada gaplasha oladigan bo’lishi lozim.

Grant miqdori:

Dastur ikki oylik amaliyotga bog’liq barcha xarajatlarni, jumladan, sayohat, yashash xarajatlari va turar-joy xarajatlarini qoplaydi.

Ariza to’ldirish tartibi:

Ariza to’ldirish uchun DrayvVels tashkiloti saytidan ro’yxatdan o’tib, Moliyaviy Savodxonlik Tanlovi (Financial Literacy Challenge) arizasini to’ldirish lozim.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA 

[info_box title=»» type=»success»]

«Grantlar.Uz» saytidan «EXCLUSIVE» xizmat

Ushbu grant uchun anketa va hujjatlaringizni tayyorlashda

YORDAM OLISHNI XOHLAYSIZMI?

Aloqa:

E-mail: axborot@grantlar.uz

⇒ BATAFSIL MA’LUMOT ⇐

[/info_box]

3 Izohlar