×

Nodavlat notijorat tashkilotlari uchun davlat granti


Grant

MUHLAT

29.06.2015

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

3182 marta

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga nodavlat notijorat tashkilotlarini keng jalb qilish mavzusida Davlat granti berish uchun tanlov e’lon qiladi.

Kim uchun:

Tanlovda davlat ro‘yxatidan o‘tgan fuqarolik jamiyati institutlarining quyidagi maqsadlardan kelib chiqqan loyihalari qabul qilinadi:

1. Keksalar, avvalambor, 1941—1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari, yolg‘iz qariyalar va nogironlarga manzilli ijtimoiy, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ularga uy-joy-maishiy va doimiy patronaj xizmatlarini tashkil etish;

2. Keksalarni mazmunli dam olishi va madaniy hordiq chiqarishlarini tashkillashtirish, ularnni faol dam olishga jalb qilish turli ekskursiya va sayohat dasturlarini tashkil etish, keksalar uchun muloqot va dam olish markazlari faoliyatini yanada rivojlantirish, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lamini kengaytirish;

3. Nuroniylarning ta’lim, sport, axborot, maslahat dasturlaridan va zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanishini ta’minlash;

4. Keksa avlod vakillariga g‘amxo‘rlik va e’tiborni kuchaytirish, ularning turmush darajasi va sifatini yuksaltirish, yashash va maishiy sharoitlarini yaxshilash, xonadonlarni obodonlashtirish;

5. Keksalarni sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishga jalb qilish, turli sog‘lomlashtirish klublarining faoliyatini tashkil etish;

6. Keksalarning oila va jamiyatdagi roli va nufuzini oshirish, bolalar va yoshlarda ota-onalarga, keksalarga chuqur hurmat, e’tibor va g‘amxo‘rlik tuyg‘usini tarbiyalash bo‘yicha amaliy tadbirlarni amalga oshirish;

7. 1941—1945 yillar urush va mehnat faxriylarini sharaflash bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlar doirasida o‘sib kelayotgan avlodni Vatan himoyachilari sifatida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirish;

8. Keksa yoshdagi shaxslarning bandligini rag‘batlantirish, shu jumladan, ustoz-murabbiylik an’analarini tashkil etish va yanada rivojlantirish, keksa avlodning bilimi, tajribasi va mehnat salohiyatidan foydalanish, ularni jamoat tashkilotlari keng faoliyatiga jalb qilish;

9. Nuroniylarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida ko‘ngillilar (volontyorlik) faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, qariyalarning turmush darajasi va sifatini yanada yaxshilashga jamoatchilik, mahalla fuqarolari, yoshlarni keng jalb qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

10. Nodavlat mulk shakliga ega tashkilotlar va korxonalarni nuroniylarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimiga jalb qilinishini qo‘llab-quvvatlash va uning darajasini yuksaltirish, ularning mazkur sohada xayriya faoliyatini rag‘batlantirish;

11. Nuroniylarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarilishini rag‘batlantirish;

12. “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturining bajarilishi hamda keksalarning huquq va manfaatlariga rioya qilinishini ta’minlash, jamoatchilik nazoratini tashkil etish.

Grant miqdori:

Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 15 mln.so‘mgacha.

Ariza to’ldirish tartibi:

Hujjatlar 2015-yil 27-apreldan 1-iyungacha qabul qilinadi.

Hujjatlar “O‘zbekiston pochtasi” orqali muhrlangan konvertda (A4 format): Toshkent shahri, 100035 Bunyodkor shoh ko‘chasi, 1-uy manzilida joylashgan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi” nomiga yuborilishi shart.

Tanlovda ishtirok etish shartlari va tanlov hujjatlarining namunalari bilan Jamoat fondining www.fundngo.uz rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.

Ma’lumot uchun telefonlar: 239-26-76, 239-26-64.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!