Nodavlat tashkilotlar uchun BMT granti Nodavlat tashkilotlar uchun BMT granti
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin. Ariza topshirish muhlati: 2015-yil 30-mart Kim uchun: Nodavlat tashkilotlar Grant miqdori:... Nodavlat tashkilotlar uchun BMT granti
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Ariza topshirish muhlati: 2015-yil 30-mart

Kim uchun: Nodavlat tashkilotlar

Grant miqdori: $55000 gacha

Umumiy ma’lumot:

BMT Taraqqiyot dasturi hamda Xalqaro taraqqiyot uchun OPEK jamg’armasi uchta mintaqa (Yevropa, Markaziy  Osiyo va Yaqin Sharq) davlatlaridan bo’lgan nodavlat-notijorat tashkilotlar uchun grantlar taqdim etadi.

Grant uchun taqdim etiladigan loyihalarda ikki muhim mavzu/yo’nalishga e’tibor qaratiladi:

  1. Arzon energiya va suv yechimlari: Yangi texnologiyalar yordamida energiya va suv taqchilligi muammolariga yechim topish;
  2. Iqtisodiy boshqaruv va ish o’rinlari yaratish: Inklyuziv mehnat bozorlarini yaratish va ko’proq aholining undan foydalanishiga erishish.

Kimlar topshirishi mumkin:

Grant uchun quyidagi davatlarda joylashgan tashkilotlar topshirishi mumkin:

Markaziy Osiyo: O’zbekiston, Turkmaniston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston

Yevropa mintaqasi davlatlari hamda Yaqin Sharq mintaqasi davlatlari. To’liq ro’yxat SHU YERDA.

Ariza topshirish tartibi:

Ariza topshirish ikki bosqichdan iborat.

  1. Ushbu grantga qiziqish bildirish arizasi. Unda arizachilar qisqacha loyiha g’oyasi va tashkilot haqida ma’lumot berishlari lozim. Arizaga ilova tarzida tashkilotning ro’yxatdan o’tganligi va notijorat maqomi to’g’risidagi ma’lumotnoma/hujjat ingliz tilidagi tarjimasi bilan birgalikda crgrants.irh@undp.org manziliga 2015-yilning 30-martiga qadar yuborilishi lozim.
  2. Arizachi birinchi bosqichdan o’tganlik to’g’risida maktub olgach, boshqa mintaqadan bo’lgan bir tashkilot bilan hamkorlik qilishi lozim. Ular birgalikda qo’shma loyiha ishlab chiqib, To’liq ariza shakli va Byudjet anketasinini to’ldirishi lozim. Bundan tashqari har bir tashkilot Letter of Commitment (Mas’uliyatni bo’yniga olish shakli) formasini to’ldirib, tashkilotni tasdiqlovchi ma’lumot/hujjatlarning inglizcha tarjimasi bilan birgalikda crgrants.irh@undp.org manziliga 2015-yilning 31-mayiga qadar yuborishi lozim.

Grant miqdori:

Bir yillik loyiha uchun 20 ming dollardan 55 ming dollargacha grant beriladi.

Tanlov haqida qo’shimcha savollaringiz bo’lsa, quyidagi manzilga bog’laning: crgrants.irh@undp.org.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA

  • QADAM

    06/06/2016 #1 Author

    АХОЛИНИНГ ИЖТИМОЙИ МУХОФАЗАГА МУХТОЖ КАТЛАМИ ЯНИ НОГУРОНЛАР ВА КАСАЛИКИ ТУФАЙЛИ ОҒИР ШАРОИТДА ВА ВРАЧЛАРНИНГ ХОЛИСОНА КАСБИГА ЁНТАШИШИ ТАМИНЛАШ УЧИН ВА АХОЛИНИНГ НОГУРОН КАТЛАМИГА КОНУНДА ЁЗИЛГАН ЁРДАМЛАРНИ ОЛИШИ УЧИН ВА ЎЗ ТАДБИРКОРЛИГИНИ ЁЛГА КЎЙИШ УЧИН ЁРДАМ БЕРИШ УЧИН АМАЛИ ВА МОДИ ЁРДАМ БЕРИШДАН ИБОРАТ ШУНИ ТАКИДЛАБ ЎТИШ ЗАРУРКИ УЗБЕКИСТОНДА НОГУРОНЛАРНИ ҚЎЛАБ КУВАТЛАШ УЧИН БОР КОНУНЛАРНИ ТАМИНЛАНИШИ ЖУДА СУС ТАРЗДА ОЛИБ БОРИЛМОКДА ОЙЛАЙМАНКИ БУ МОМОНИ РИВОЖЛАНТИРИШ УЧИН ЯНГИ КОНУНЛАР ВА ХОКИМЛАР ВА СЕНАТ МАСУЛЯТИНИ ОШИРИ ЗАРУР ЕНГ АСОСИСИ ЖАМОТЧИЛИК НАЗОРАТИНИ КУЧАЙТИРИШ ЗАРУР