O’rta Osiyo talabalari uchun YXHTning yozgi seminari

7
62 marta o'qildi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: Olma-Ota, Qozog’iston

Ariza topshirish muhlati: 2015-yil 15-aprel

Kim uchun: Talabalar

Grant miqdori: To’liq qoplanadi

Qachon: 2015-yil 7-9-iyul

Umumiy ma’lumot:

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining (YXHT) O’rta Osiyo Yoshlar tarmog’i “Xelsinkidan 40 yil o’tib: O’rta Osiyoning yangi (va eski) muammolari” mavzusida uch kunlik seminar o’tkazmoqda. Seminar YXHTning Qozo’gistondagi idorasida bo’lib o’tadi. Unda ijodkorlik hamda mintaqa talabalarining bahamjihat va birgalikda ishlashi targ’ib qilinadi. Markaziy Osiyo davlatlarida, jumladan, O’zbekistonda tahsil oluvchi o’quvchilar seminarda ishtirok etishga taklif etiladi.

Seminarga qabul qilishda arizachilar yozgan insholarning sifatiga hamda ularning jamoatchilik bilan olib borgan ishlariga alohida e’tibor qaratiladi. Seminar ingliz  hamda rus tillarida olib boriladi. Barcha ishtirokchilar har ikki tilda bemalol suhbatlasha olishi lozim.

Kim uchun:

  • O’zbekiston, Qozo’giston, Qirg’iziston, Tojikiston va Turkmaniston universitetlarida tahsil olayotganlar (ushbu davlat universitetlarida o’qiyotgan afg’onistonlik va mongoliyalik talabalar ham);
  • Rus va ingliz tillarini biladiganlar;
  • YXHT O’rta Osiyo Yoshlar Tarmog’ining a’zolari va muqaddam forum va seminarlarga ishtirok etganlar ham ariza to’ldirishi mumkin. Mazkur arizachilarga aholida 10 ta o’rin ajratilgan.

Grant miqdori:

Seminar bilan bog’liq barcha xarajatlar qoplanadi.

Ariza to’ldirish tartibi:

Ariza to’ldirishning so’nggi muhlati Toshkent vaqti bilan 2015-yil 15-aprel soat 11:00.

Ariza onlayn shaklda SHU YERDA to’ldiriladi.

O’rta Osiyo Yoshlar Tarmog’i a’zolari yoki forumlarda muqaddam qatnashganlar uchun ariza SHU YERDA topshiriladi.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA 
[info_box title=»» type=»success»]

«Grantlar.Uz» saytidan «EXCLUSIVE» xizmat

Ushbu grant uchun anketa va hujjatlaringizni tayyorlashda

YORDAM OLISHNI XOHLAYSIZMI?

 

E-mail: info@grantlar.uz

 

⇒ BATAFSIL MA’LUMOT ⇐

[/info_box]

7 Izohlar

  1. Salom, uzr noodatiy savol uchun, til bilimim kamlik qilyapti, paradigm ma’nosini to’liq tushunib yetolmadim, bilselar yozib yuborilar iltimos, oldindan rahmat.

  2. Sarvar,

    Bu seminarda qatnashish uchun oliy o’quv yurti talabasi bo’lishingiz kerak.

  3. Hurmatli muallif! Agar bakalavr chet eldagi biron bir konferensiyaga tezis yohud maqola yuborsa va u qabul qilinsa, qanday qilib unga ketadigan harajatlarni qoplasa bo’ladi. Travel grand shu uchunmi? umuman konferensiyalarga ketadigan to’lovlar (qatnashuvchi sifatida) – yo’lkira, otel va boshq qanday rasmiylashtiriladi?

  4. Sultonov,

    Konferensiyalarda qatnashish uchun alohida grant beruvchi tashkilotlar ham bo’ladi, ammo ularni topish kerak. Kelib-ketish xarajatlarini tashkilotchilarning o’zlari qoplaydigan konferensiyalar bo’ladi, shundaylaridan topishga harakat qilish kerak. Bunday dasturlar yo’lkira, mehmonxona, hammasini o’zlari rasmiylashtirib beradi.