Osiyo Taraqqiyot Bankining (OTB) amaliyot o’tash bo’yicha dasturi

0
95 marta o'qildi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) amaliyot o’tash bo’

Ariza topshirish muhlati: 2017-yilning 15-yanvaridan 15-martigacha

Kim uchun: Osiyo taraqqiyot banki a’zosi bo’lgan davlatlardagi magistratura va doktorantura talabalari

Narxi: Stajorlar turar joy, transport, oziq-ovqat, qolaversa samolyotda uchish harajatlarining bir qismini o’z bo’yniga oladi.

Stajirovka yiliga 2 marta e’lon qilinadi va quyidagi imkoniyatlar taklif etiladi:

-yirik xalqaro rivojlangan tashkilotda ishlash

-50 dan ortiq mamlakatlardan kelgan professionallar bilan birgalikda ishlash

-OTB tomonidan olib boriladigan moliyaviy ishlar haqida chuqur o’rganish

-OTB biznesi uchun ma’lumotlar ustida izlanish orqali o’z hissasini qo’shish

Kim uchun:

Nomzodlardan quyidagilar talab qilinadi:

  • OTB ga a’zo davlatlaridan birining fuqarosi bo’lish
  • stajirovkagacha va undan keyingi vaqtda ham OTB ga a’zo davlatda magistratura yoki doktorantura talabasi bo’lish
  • ingliz tilini yaxshi bilish
  • OTB ning ish faoliyatiga taalluqli sohada bilimdon bo’lish
  • taklif qilinayotgan ishga bog’liq kasbiy tajribaga ega bo’lish

Hujjat topshirish tartibi:

Yuqoridagi talablarga javob bera oluvchilar ADB Career and Employment System(ACES), ya’ni OTB karyera va ishga qabul qilish tizimi orqali ariza topshirishlari mumkin:

  • OTB o’z web-saytida ish o’rinlarini e’lon qiladi va nomzodlar o’z qiziqishlariga ko’ra ulardan birini tanlaydilar
  • ACES orqali ariza topshiriladi, cv va insho savollariga javob tayyorlaniladi
  • barcha hujjatlar(cv va insho) ariza topshirishni yakunlash uchun ACES ga yuboriladi
  • belgilangan muddat tugagach yuborilgan arizalar hisobga olinmaydi

Nomzodlar quyidagilarga asosan baholanadi:

  • yuqorida ko’rsatilgan talablarga to’la javob berish
  • tegishli bilim va ish tajribasiga ega bo’lish
  • ishga qiziqish bilan yondashish va tashabbuskorlik qobiliyati

Tanlov davomida  millatlar, jinslar va vakillar sonida tenglikka ham ahamiyat  beriladi.

Eslatma: OTB xodimlarining yaqin qadindoshlari tomonidan topshirilgan arizalar qabul qilinmaydi.

2017-yil uchun ariza topshirish muhlati:

1-saralash. 2016-yilning 15-avgustidan 15oktyabrigacha. Ish yanvardan boshlanadi

2-saralash. 2017-yilning 15-yanvaridan 15-martigacha. Ish iyun oyidan boshlanadi

Batafsil ma’lumot SHU YERDA

Grantlar haqida birinchi bolib xabardor bolish uchun telegramdagi kanalimizga azo boling: https://telegram.me/grantlar