Osiyo Taraqqiyot Bankining AQSh, Avstraliya va Osiyo davlatlari universitetlari uchun ta’lim grantlari

5
85 marta o'qildi

Qayerda: AQSh, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Gonkong, Yaponiya va boshqa Osiyo davlatlari

Ariza topshirish muhlati: Yil bo’yi qabul qilinadi

Kim uchun: Osiyo Taraqqiyot Bankiga a’zo davlatlarning 35 yoshdan oshmagan, kamida ikki yillik ish tajribasiga ega fuqarolari

Grant miqdori: Bepul ta’lim; oylik stipendiya va uy-joy ijarasi uchun mablag’; darsliklar va o’quv materiallari uchun mablag’; tibbiy sug’urta xarajatlari; safar xarajatlari

Grant muddati: Bir yildan ikki yilgacha (magistrlik va undan yuqori darajalar uchun)

Umumiy ma’lumot:

Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB)ning Yaponiya Grantlar Dasturi (JSP) 1988-yilda Yaponiya hukumati tomonidan tashkil etilgan. Dastur OTBga a’zo rivojlanayotgan davlatlarning malakali fuqarolariga Osiyo va Tinch okeani hududidagi rivojlangan davlatlarning universitetlarida iqtisodiyot, boshqaruv, fan va texnologiya hamda boshqa rivojlanishga bog’liq sohalarda magistratura va undan yuqori ilmiy darajada ta’lim olishga imkon yaratish maqsadida yo’lga qo’yilgan. O’qishni tamomlagandan so’ng, bitiruvchilar o’z davlatlarining iqtisodiyoti va ijtimoiy rivojlanishiga hissa qo’shishlari kutiladi. OTB bir yil va ikki yillik akademik ta’lim uchun grantlar beradi.

Kimlar topshirishi mumkin:

Grant dasturi OTBga a’zo bo’lgan rivojlanayotgan davlatlar, jumladan, O’zbekiston, Afg’oniston, Armaniston, Ozarbayjon, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va Turkmeniston fuqarolari uchun ochiq.

Grant shartlari:

  1. Bu dasturda ishtirok etuvchi talabgor, avvalo, universitetlardan birida magistrlik yoki doktorlik darajasi uchun o’qishga qabul qilingan bo’lishi kerak;
  2. Bakalavr darajasiga ega bo’lishi kerak;
  3. Kamida 2 yil to’liq stavkali professional mehnat tajribasiga ega bo’lishi kerak;
  4. O’qishni davom ettirishi uchun ingliz tilida bemalol suhbatlasha olishi va yoza olishi kerak;
  5. Ariza topshirish vaqtida  35 yoshdan oshgan bo’lmasligi lozim. Istisno hollarda katta xodimlarga va boshqaruvchilarga to’g’ri keladigan dasturlarda arizachi 45 yoshgacha bo’lishiga ruxsat beriladi;
  6. Sog’lom bo’lishi kerak;
  7. O’qishni tugatishi bilan o’z davlatiga qaytib kelishga rozi bo’lishi kerak;
  8. OTBning ijrochi direktorlari,  yordamchi direktorlari, boshqaruv  xodimlari, maslahatchilari va ularning qarindoshlari va oila a’zolari ushbu dasturda ishtirok eta olmaydi;
  9. Ushbu dasturning joylardagi xodimlari ham dasturda ishtirok eta olmaydi;
  10. O’z davlatidan boshqa davlatda yashayotgan yoki ishlayotgan arizachilar ushbu dasturda ishtirok eta olmaydi;
  11. Ushbu dastur magistrlik yoki undan yuqori dasturda o’qiyotgan arizachilarni qabul qilmaydi;
  12. Ushbu dastur bakalavr darajasi uchun o’qishga, masofadan ta’lim dasturlariga, qisqa muddatli treninglar, konferensiyalar, seminarlar, ilmiy ish yozish va ilmiy izlanish loyihalariga homiylik qilmaydi.

Grant miqdori:

Ushbu grant quyidagi xarajatlar uchun mablag’ bilan ta’minlaydi:

  • O`qish uchun mablag’;
  • Oylik stipendiya va uy-joy ijarasi uchun mablag’;
  • Darsliklar va o’quv materiallari uchun mablag’’
  • Tibbiy sug’urta xarajatlari;
  • Yaponiyaga kelib ketish xarajatlari.

Tadqiqot ishlari bilan qiziqgan talabalar maxsus grant bilan ilmiy ish yozishlari mumkin.

Talabalar birinchi o’quv yilini muvaffaqqiyatli bitirsagina ular ikkinchi o’quv yilida o’qishlarini davom ettirishi mumkin. Grantning magistr va doktorlarlik darajalari uchun maksimum davomiyligi 2 yilni tashkil etadi.

Hujjat topshirish tartibi:

  • Arizalar grant dasturida ishtirok etayotgan o’quv yurtlariga (Ularning ro’yxati SHU YERDA) to’g’ridan to’g’ri  yuborilishi kerak. Hujjatlarni topshirish tartibi va muddati har bir universitet uchun farqli bo’lishi mumkin.
  • Arizachilar o’qishga kirish uchun oliy o’quv yurtining anktasini to’ldirishda Yaponiya grantlar dasturiga topshirayotganini ma‘lum qilishlari lozim. Arizachilar hujjatlarni aniq va to’liq ravishda taqdim etishlari shart. Agar hujjatlar o’z vaqtida taqdim etilmasa, arizachilar grant dasturidan chetlashtiriladi. Arizachilar oxirgi daromad solig’i haqida ma’lumot hamda oylik yoki yillik maoshini tasdiqlovchi ma’lumotnomani taqdim etishlari shart.  Ular yana oila daromadi (yoki ota-onasining daromadi) haqidagi ma’lumotnomani ham taqdim etishlari so’raladi.
  • Oliy o’quv yurti arizachilarning hujjatlari bilan tanishib, saralash huquqini e‘tiborga olgan holda, Osiyo Taraqqiyot Bankining baholash mezonlariga asoslanib arizachilarni baholaydi. Saralash jarayonida oliy o’quv yurti arizachilardan aniqroq ma’lumot olish maqsadida, arizachilar bilan  telefon yoki elektron pochta orqali bog’lanishi mumkin. Oliy o’quv yurti saralangan arizachilarning ro’yxatiga baholangan ballar tasnifi hamda foydalanilgan saralash  mezonini ilova etgan holda, ro’yxatni Osiyo Taraqqiyot Bankiga taqdim etadi.
  • Osiyo Taraqqiyot Banki o’z saralash mezonlariga asoslanib oily o’quv yurtlarining tanlov xulosalarini ko’rib chiqadi hamda tanlangan nomzodlarni rasmiy tasdiqlatish uchun Yaponiya ijrochi direktoriga tavsiya qiladi.
  • Yaponiya ijrochi direktorining tasdig’idan so’ng, Osiyo Taraqqiyot Banki oliy o’quv yurtlariga laureatlarning nomzodlarini tavsiya etadi.
  • Oliy o’quv yurti barcha arizachilarga saralash natijalarini  ma‘lum qiladi va stipendiya oladigan laureatlarni aniqlaydi.
  • Oliy o’quv yurtlari stipendiya g’olibidan stipendiya yutug’ini qabul qilganligi haqida hamda shu bilan birga o’qish tugaganidan so’ng o’z yurtiga qaytishga rozi ekani haqida tasdiqnomani imzolaydi.
  • Osiyo Taraqqiyot Banki ushbu grantning har bir ishtirokchisiga tabrik maktubini yo’llaydi.

Agar savollaringiz bo’lsa,  Osiyo Taraqqiyot Bankining qo’shma moliyalashtirish ofisiga adbjsp@adb.org pochta manzili orqali yoki quyidagi faks raqami orqali bog’lanishingiz mumkin. Faks: + 63 2 636 2444; + 63 2 636 2456.

To’liq ma‘lumot uchun manba: SHU YERDA

[info_box title=»» type=»success»]

«Grantlar.Uz» saytidan «EXCLUSIVE» xizmat

Yuqoridagi grant uchun anketa va hujjatlaringizni tayyorlashda

YORDAM OLISHNI XOHLAYSIZMI?

 

Aloqa:

E-mail: info@grantlar.uz

 

⇒ BATAFSIL MA’LUMOT ⇐

[/info_box]

5 Izohlar

  1. шу орқали четга келиб ўқиётганларнинг 2 тасини биламан. Ҳужжат топшириш ва кутиш жараёни анча вақт. Бунга топшириш учун Ўзбекистонда фаолият кўрсатаётган бўлишингиз керак, хужжатлар Ташқи иқтисодий алоқалар, инвестициялар ва савдо вазирлигига топширилади. Ўқиш тугатиб келиб Ўзбекистонда ишлаш керак

  2. Японияда магистратура ўқиш учун IELTS сертификати керакми ва неча балл бўлиши керак? Фуқаролиги йўқ шахслар ҳам шу грантга топширса бўладими? Жавобингиз учун олдиндан рахмат.

  3. Rasul,

    Odatda, barcha universitetlar IELTS yoki TOEFL natijalarini so’raydi. Magistratura uchun IELTSdan, ko’pincha, minimum 6 yoki 6.5 so’rashadi, ammo universitetlarga qarab bu farqli bo’lishi mumkin.

    O’zbekiston hududida yashovchi rezident bo’lsangiz, topshira olishingiz kerak. Fuqarolik haqidagi savolni dasturning o’ziga yozib ham so’rab ko’ring.

  4. Magistrlik darjasiga ega hamda ikki yillik ish taji ham bor bulgan codimlarga medicena sohasida qanaqa grantlar bor Yaponiyada Bekzod