Osiyo Taraqqiyot Bankining Yaponiyada o’qish uchun grant dasturi

44
551 marta o'qildi

Qayerda: Yaponiya

Ariza topshirish muhlati: 2016-yil 31-mart

Kim uchun: Osiyo Taraqqiyot Bankiga a’zo davlatlarning 35 yoshdan oshmagan, kamida ikki yillik ish tajribasiga ega fuqarolari

Grant miqdori: Bepul ta’lim; oylik stipendiya va uy-joy ijarasi uchun mablag’; darsliklar va o’quv materiallari uchun mablag’; tibbiy sug’urta xarajatlari; safar xarajatlari

Grant muddati: Bir yildan ikki yilgacha (magistrlik va undan yuqori darajalar uchun)

Umumiy ma’lumot:

Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB)ning Yaponiyaga Grantlar Dasturi (JSP) 1988-yilda Yaponiya davlati tomonidan tashkil etilgan. Dasturning maqsadi OTBga a’zo rivojlanayotgan davlatlarning malakali fuqarolariga Osiyo va Tinch okeani hududidagi rivojlangan davlatlarning universitetlarida iqtisodiyot, boshqaruv, fan va texnologiya hamda boshqa rivojlanishga bog’liq sohalarda magistratura va undan yuqori ilmiy darajada ta’lim olishga imkon yaratish. O’qishni tamomlagandan so’ng, bitiruvchilar o’z davlatlarining iqtisodiyoti va ijtimoiy rivojlanishiga hissa qo’shishlari kutiladi. OTB bir yil va ikki yillik akademik ta’lim uchun grantlar beradi.

Kimlar topshirishi mumkin:

Grant dasturi OTBga a’zo bo’lgan rivojlanayotgan davlatlar, jumladan, O’zbekiston, Afg’oniston, Armaniston, Ozarbayjon, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va Turkmeniston fuqarolari uchun ochiq.

Grant shartlari:

  1. Bu dasturda ishtirok etuvchi talabgor, avvalo, universitetlardan birida magistrlik yoki doktorlik darajasi uchun o’qishga qabul qilingan bo’lishi kerak;
  2. Bakalavr darajasiga ega bo’lishi kerak;
  3. Kamida 2 yil to’liq stavkali professional mehnat tajribasiga ega bo’lishi kerak;
  4. O’qishni davom ettirishi uchun ingliz tilida bemalol suhbatlasha olishi va yoza olishi kerak;
  5. Ariza topshirish vaqtida  35 yoshdan oshgan bo’lmasligi lozim. Istisno hollarda katta xodimlarga va boshqaruvchilarga to’g’ri keladigan dasturlarda arizachi 45 yoshgacha bo’lishiga ruxsat beriladi;
  6. Sog’lom bo’lishi kerak;
  7. O’qishni tugatishi bilan o’z davlatiga qaytib kelishga rozi bo’lishi kerak;
  8. OTBning ijrochi direktorlari,  yordamchi direktorlari, boshqaruv  xodimlari, maslahatchilari va ularning qarindoshlari va oila a’zolari ushbu dasturda ishtirok eta olmaydi;
  9. Ushbu dasturning joylardagi xodimlari ham dasturda ishtirok eta olmaydi;
  10. O’z davlatidan boshqa davlatda yashayotgan yoki ishlayotgan arizachilar ushbu dasturda ishtirok eta olmaydi;
  11. Ushbu dastur magistrlik yoki undan yuqori dasturda o’qiyotgan arizachilarni qabul qilmaydi;
  12. Ushbu dastur bakalavr darajasi uchun o’qishga, masofadan ta’lim dasturlariga, qisqa muddatli treninglar, konferensiyalar, seminarlar, ilmiy ish yozish va ilmiy izlanish loyihalariga homiylik qilmaydi.

Grant miqdori:

Ushbu grant quyidagi xarajatlar uchun mablag’ bilan ta’minlaydi:

  • O`qish uchun mablag’;
  • Oylik stipendiya va uy-joy ijarasi uchun mablag’;
  • Darsliklar va o’quv materiallari uchun mablag’’
  • Tibbiy sug’urta xarajatlari;
  • Yaponiyaga kelib ketish xarajatlari.

Tadqiqot ishlari bilan qiziqgan talabalar maxsus grant bilan ilmiy ish yozishlari mumkin.

Talabalar birinchi o’quv yilini muvaffaqqiyatli bitirsagina ular ikkinchi o’quv yilida o’qishlarini davom ettirishi mumkin. Grantning magistr va doktorlarlik darajalari uchun maksimum davomiyligi 2 yilni tashkil etadi.

Hujjat topshirish tartibi:

  • Arizalar grant dasturida ishtirok etayotgan o’quv yurtlariga to’g’ridan to’g’ri  yuborilishi kerak. Hujjatlarni topshirish tartibi va muddati har bir universitet uchun farqli bo’lishi mumkin.
  • Arizachilar o’qishga kirish uchun oliy o’quv yurtining anktasini to’ldirishda Yaponiya grantlar dasturiga topshirayotganini ma‘lum qilishlari lozim. Arizachilar hujjatlarni aniq va to’liq ravishda taqdim etishlari shart. Agar hujjatlar o’z vaqtida taqdim etilmasa, arizachilar grant dasturidan chetlashtiriladi. Arizachilar oxirgi daromad solig’i haqida ma’lumot hamda oylik yoki yillik maoshini tasdiqlovchi ma’lumotnomani taqdim etishlari shart.  Ular yana oila daromadi (yoki ota-onasining daromadi) haqidagi ma’lumotnomani ham taqdim etishlari so’raladi.
  • Oliy o’quv yurti arizachilarning hujjatlari bilan tanishib, saralash huquqini e‘tiborga olgan holda, Osiyo Taraqqiyot Bankining baholash mezonlariga asoslanib arizachilarni baholaydi. Saralash jarayonida oliy o’quv yurti arizachilardan aniqroq ma’lumot olish maqsadida, arizachilar bilan  telefon yoki elektron pochta orqali bog’lanishi mumkin. Oliy o’quv yurti saralangan arizachilarning ro’yxatiga baholangan ballar tasnifi hamda foydalanilgan saralash  mezonini ilova etgan holda, ro’yxatni Osiyo Taraqqiyot Bankiga taqdim etadi.
  • Osiyo Taraqqiyot Banki o’z saralash mezonlariga asoslanib oily o’quv yurtlarining tanlov xulosalarini ko’rib chiqadi hamda tanlangan nomzodlarni rasmiy tasdiqlatish uchun Yaponiya ijrochi direktoriga tavsiya qiladi.
  • Yaponiya ijrochi direktorining tasdig’idan so’ng, Osiyo Taraqqiyot Banki oliy o’quv yurtlariga laureatlarning nomzodlarini tavsiya etadi.
  • Oliy o’quv yurti barcha arizachilarga saralash natijalarini  ma‘lum qiladi va stipendiya oladigan laureatlarni aniqlaydi.
  • Oliy o’quv yurtlari stipendiya g’olibidan stipendiya yutug’ini qabul qilganligi haqida hamda shu bilan birga o’qish tugaganidan so’ng o’z yurtiga qaytishga rozi ekani haqida tasdiqnomani imzolaydi.
  • Osiyo Taraqqiyot Banki ushbu grantning har bir ishtirokchisiga tabrik maktubini yo’llaydi.

Agar savollaringiz bo’lsa,  Osiyo Taraqqiyot Bankining qo’shma moliyalashtirish ofisiga adbjsp@adb.org pochta manzili orqali yoki quyidagi faks raqami orqali bog’lanishingiz mumkin. Faks: + 63 2 636 2444; + 63 2 636 2456.

To’liq ma‘lumot uchun manba: SHU YERDA

[info_box title=»» type=»success»]

«Grantlar.Uz» saytidan «EXCLUSIVE» xizmat

Ushbu grant uchun anketa va hujjatlaringizni tayyorlashda

YORDAM OLISHNI XOHLAYSIZMI?

 

Aloqa:

E-mail: info@grantlar.uz

⇒ BATAFSIL MA’LUMOT ⇐

[/info_box]

44 Izohlar

  1. Шунга ўхшаш Ислом тараққиёт банкининг грантлари ҳам бор. Дунёнинг ҳоҳлаган университетида ўқиш учун грант беради. Танлаган университетингиз кучли 50 та университет таркибига кирган бўлиши шарт. Ҳоҳ ғарбда ҳоҳ шарқда ўқинг, бу сизнинг истагингиз.

    http://www.isdb.org/irj/portal/anonymous?NavigationTarget=navurl://b8353cb1cc8ab99e3f55e23e6ff72ed7

  2. Ta’lim taraqqiyot garovidir. 1-bosqich magistraturada o’qiyman lekin chet elda o’qishni xoxlayman

  3. Biologiya soxasidagi kichik ilmiy xodimlar uchun Osiyo taraqqiyot banki qanday imkoniyatlar beradi?

  4. Maqsud,

    Mumkin, lekin nega yana magistraturani qayta o’qimoqchisiz, degan savol tug’iladi. Shuni asoslab berishingiz kerak.

  5. 2 yil ish stavkasi bakalavrni tugatgandan keyin bo’lishi shartmi yoki unda oldingi ish stavkasi ham hisoblanaveradimi?

  6. Toshkentdan uzoqda yashovchi arizachilar arizalarni online yuborsa ham boladimi?

  7. Barnohon,

    Odatda, bu grant dasturi uchun to’g’ridan to’g’ri universitetlarga hujjat topshiriladi. Universitetlarning deyarli barchasida hujjatlarni onlayn qabul qilish imkoniyati bo’lishi kerak.

  8. Кечирасиз бир саволим бор… Фуқаролиги йўқ шахсларга ҳам шу грантда иштирок этиши мумкинми? Жавобингиз учун олдиндан рахмат…

  9. Rasul,

    Bu grant talablariga ko’ra siz OTVga a’zo mamalakatlaridan birining fuqarosi bo’lishingiz kerak. Sizda fuqarolik bo’lmasa ham, lekin doimiy O’zbekistonda yashovchi rezident bo’lsangiz, topshira olishingiz mumkin. Faqat aniq ma’lumot olish uchun maqola ostida berilgan e-mailga bog’lanib so’rashingizni maslahat beramiz.

  10. Salom, Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB)ning Yaponiyaga Grantlar Dasturi (JSP) da qisqa muddatli grantlar ham bormi, masalan 1-3-6 oygacha uqish bormi OLDINDAN RAHMAT!!!!

  11. JAM,

    Yuqoridagi dastur magistratura va doktorantura darajalaradiga o’qishlar uchun.

  12. Salom Ravshan sizga savolim shuki, 2015 yilda ya`ni hozir noyabrda o`qish boshlanadigan biror bir grant bormi, yoki iloji yoqmi? OLDINDAN RAXMAT

  13. Salom shunda biz tog’ridan tog’ri Yaponiya elchixonasiga borib hujat topshiramizmi? Yoki Osiyo Taraqqiyot Banki ofislariga borish kerakmi?

  14. Raxmatilla,

    Yuqorida yozilganidek, grant uchun hujjatlar to’g’ridan to’g’ri siz o’qishni istagan universitetga topshiriladi. Buni universitetlar sayti orqali onlayn amalga oshirish mumkin.

  15. хурматли ментор ушбу грант медицина буйича укишни коплайдими? жавобингиз учун олдиндан рахмат

  16. Khan,
    Bu dasturda meditsina yo’nalishi yo’q, lekin unga yaqin soha – Public Health bor.

  17. Hurmatli mentor! Men masalan bakalavrni energetika bo’yicha tugatganman.Ushbu dasturga iqtisodiyot bo’yicha topshira olamanmi. Va ikkinchi savolim ushbu dastur bo’yicha o’qishni tugatsam ish masalasi qanday bo’ladi

  18. O’qishni baxorgi sessiyada ham boshlasa bo’ladimi, yoki faqat kuzdami. Agar baxorgi sessiya bo’lsa, o’shanga hujjat topshirsam, u paytda ish tajribam 1 yil 7 oy bo’larkan. Ularni talablariga to’g’ri keladimi?

  19. Maqsud, bahorgi sessiyaga ulgurmaysiz. Kelasi yil kuzni mo’ljallayvering. Ko’p universitetlarda hozir qabul muddati o’tib ketdi.

  20. Jonpo’lat,
    Iqtisodiyot sohasiga topshira olasiz. Vatanga qaytgach, ish topish masalasini o’zingiz hal qilasiz.

  21. Super,
    Bakalavrni bitirganmisiz? Bu dasturda qatnashish uchun bakalavr diplomiga ega bo’lishingiz kerak.

  22. Men 1991-yilda tavallud topganman, 2015-yilda Toshkentdagi Singapur Menejmentni rivojlantirish institutining «Finance and Banking management’ fakultetini tugatdim. Hozirda O`zbekiston bank tizimida faoliyat yurityapman. Maqsadim- OTBning menejmentlik magistraturasida o`qish. Buning uchun OTBning Yaponiyada stipendiya olib o`qish grantini yutishim uchun maslahat berishingizni iltimos qilaman.

  23. Yaqinda Milliy bankka ishga joylashdim. Shu yil Singapur Menejmentni Rivojlantirish Institutining «Bank ishi va moliya» fakultetini bitirdim.Bu grantni yutish uchun OTBda ishlash kerakmi yoki boshqa banklarda ham faoliyat yuritsak bo’ladimi? Rahmat!

  24. Madinaxon,

    OTBda ishlash shart emas, har qanday joydan ikki yillik stajga ega bo’lsangiz, topshira olasiz. Hujjat topshirish bo’yicha individual yordam olishni xohlasangiz, bizga axborot@grantlar.uz orqali bog’laning.

  25. salom hurmatliy Manitor men bu saytingizga muntazm kiraman va kerakli malumotlarimni olib boraman va keliyatgan Navruz bayrami bilan tabriklayman ishlaringizda omad tilayman savolim kuydagicha men TATUda magistraturani 2015 yil bitirdim hozirda uqituvchiman. ish faoliyatima kelsak 2014 yil Nayabrdan biyon ishlayman ushbu grantda qatnasha olamanmi daktaranturada uqimoqchiman oldinnan raxmat

  26. ish faoliyatim 2014 dan hozirgacha hisoblasam 2 yillik tajriybaga egaman qatnasha olamanmi?

  27. salom hurmatliy Manitor sizni Navruz bayrami bilan tabriklayman. Men 2015 til Magistraturani tugatganman hozirda assistentman 2014 yil nayabrdan biyon ishlab kelmoqdaman. Mutaxasisligim Compyuter injiniringi men topshira olamanmi? oldinnan raxmat/

  28. Ilyos
    men ingliz tili o’qituvchisiman yoshim 35 da qaysi yonalish bo’yicha ishtirok etishim mumkin

  29. Salom, meni bakalavr diplomim va 5 yillik ish stajim xam bor, davlat ishida ishlab kelmoqdaman, lekin magistraturada ayni vaqtda o’qimayman, magistr uchun topshirsam bo’ladimi yoki hozirda o’qiyotgan bo’lish shartmi?

  30. Assalomu alekum. Bu yil bakalavrni tugataman. Ish stajim ham bor. Lekin Ingiliz tilini toliq bilmayman. orta hol. ushbu grantda qatnasha olamanmi RAHMAT

  31. Akmal. Men fizika sohasi bo’yicha ilmiy izlanish olib boryapman.
    Tanlovda ishtirok eta olamanmi?

  32. Kechirasiz, bugun kordim grantni ariza topshirishga ulguramanmi public health yonalishi boyicha raxmat.

  33. Men Toshkent Moliya institutida bank ishi yo’nalishining 3 kurs talabasiman kelajakda o’qimoqchiman shu dastur bo’yicha yaponiyada men mos keladigan yani bank sohasidagi o’qishlar haqida ma’lumot kerak

  34. Мен Иктисодиёт Институти бакалаврини 2009 йилда тамомлаганман ва уша йилдан банк сохасида ишлаяпман. Стажим 7 йил. Бу ОТБ грантини ютиш учун япониянинг асосий кайси университетларига топширим мумкин хамда уша университетлар тугрисида каердан ёки кайси сайтлардан маълумот олсам булади? Олдиндан рахмат