×

Ozarboyjonning ADA xalqaro universtitetida bakalavr va magistratura uchun grant dasturlari!


Grant

MUHLAT

01.04.2016

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Ozarbayjon

O'QILGAN

2843 marta

ADA universiteti 2006-yilda tashkil etilgan bo’lib, xalqaro standartlarga javob beradigan xalqaro universitet hisoblanadi. ADA universitetida o’qish  ingliz tilida olib boriladi. Universitet magistratura va bakalavr darajasi uchun turli yo’nalishlarlarda ta’lim beradi. Universitetda ko’plab xalqaro talabalar mavjud bo’lib, universitet xalqaro talabalar o’qishi uchun katta miqdorda grant dasturini taklif etadi.

Bakalarvriat taklif qilinadigan sohalar:

  • Xalqaro munosabatlar
  • Biznes boshqaruvi
  • Davlat boshqaruvi
  • Iqtisodiyot fanlari
  • Kompyuter fanlari
  • Kompyuter muhandisligi fanlari

Magistratura taklif etadigan sohalar:

  • Diplomatiya va xalqaro munosabatlar
  • Davlat siyosati
  • Xalqaro Biznes Boshqaruvi (MBA)
  • Ijrochi Biznes Boshqaruvi (Executive MBA)
  • Ta’lim boshqaruvi

Grant kimlar uchun?

BAKALVR YOKI MAGISTRATURADA O’QIMOQCHI BO’LGANLAR UCHUN

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Xalqaro talabalar uchun Alimardan Bay Topchubashev grant dasturi SHU YERDA  mavjud bo’lib, u quyidagilarni qamrab oladi:

  • Universitetga qabul qilingan birinchi kurs bakalavr talabalarining birinchi o’quv yili va magistratura talalabalarining esa birinchi  o’quv semestrining o’qish xarajatlari dastur tomonidan 100 foiz qoplanadi;
  • Ikkinchi yil yoki ikkinchi semesterda o’qish xarajatlarining 50 foizini qoplashga grant olish uchun talaba o’qish davomida 3.50 GPA (o’rtacha baho)ga ega bo’lishi kerak.
  • GPA (o’rta bahosi) 3.50 bo’lgan xalqaro talabalarga turar-joy uchun stipendiya beriladi. Boshqa barcha xarajatlar, jumladan yashash va safar xarajatlarini talabalar o’zlari qoplashi kutiladi.

Talablar:

Kim uchun:

Bakalavr uchun:

  • O’rta maktabni tugatgan yoki tugatayotgan (xorigi sinf/kursda bo’lgan);
  • Ingliz tilini yaxshi biladigan-TOEFL iBTdan kamida 75, yoki PBTdan 537 ball olgan yoxud IELTSdan kamida 6 ball olgan (Mazkur test natijasiga ega bo’lmagan arizachi ADA universitetining ingliz tilini tekshirish testini topshirishi mumkin. Belgilangan talablardan past ball olgan nomzodlar arizalari kuchli bo’lgan holda ADA taklif etadigan yozgi ingliz tili intensiv kurslarida yoki ADA universitetida bir yil ingliz tilini o’rganish orqali qabul qilinishi mumkin);

Magistratura uchun:

  • Bakalavr darajasiga ega bo’lgan (Diplom va uning baholar varaqasi ingliz tiliga tarjima qilingan va notariusdan tasdiqlangan bo’lishi lozim) –Bakalavr diplomining yo’nalishi magistraturada o’qimoqchi bo’lgan yo’nalishga mos bo’lishi talab etilmaydi;
  • Ingliz tilini yaxshi biladigan-TOEFL iBTdan kamida 83 yoki IELTSdan kamida 6.5 ball olgan bo’lishi lozim. Magistraturaga qabul qiladigan turli yo’nalishlarning arizachiga  ingliz tili bo’yicha qo’ygan talablari turlicha bo’lib, ariza topshirishdan oldin dasturlar saytidagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni maslahat beramiz. Belgilangan talablardan past ball olgan nomzodlar arizalari kuchli bo’lgan holda ADA taklif etadigan yozgi ingliz tili intensiv kurslarida o’qish orqali qabul qilinishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza to’ldirish tartibi:

Ariza onlayn tarzda SHU YERDA ro’yxatdan o’tgach topshiriladi. Universitetga qabul qilingan talabalar birinchi semestrning o’qish xarajatlarining yarmi miqdorida bo’lgan depozit to’lashlari lozim. Mazkur depozit, agar talaba o’qishni davom ettirsa uning o’qish xarajatlariga ishlatiladi. Agar talaba o’qishni davom ettirmasa, mazkur depozit qaytarib berilmaydi.

Turli bosqich va yo’nalish uchun arizalar turlicha hujjat va talablarni so’raydi. Shuning uchun har bir yo’nalishning so’ragan ariza hujjatlarini bilish uchun, ADA universitetining saytiga SHU YERGA   tashrif buyurishni tavsiya qilamiz.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!