O’zbekiston Milliy kutubxonasi I.A.Karimov xotirasiga bag’ishlangan tanlov e’lon qildi

0
1 333 marta o'qildi

Qayerda: O’zbekiston

Kim uchun: Barcha uchun

Ijodiy ish topshirish muhlati: 2018-yilning 25-yanvarigacha

Xalqimizning o‘chmas xotirasidan joy olgan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning Ona Vatanimiz mustaqilligi, el-yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi ulkan tarixiy xizmatlari cheksizdir.

Islom Karimov hayoti va faoliyatini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish, uni o‘rganish hamda Vatanni chin dildan sevuvchi, kitobxon yoshlarning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish maqsadida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ijodiy tanlov e’lon qiladi!

Tanlovda, nomzodlar Vatan, Ona yurt, ko‘hna xalqimiz tarixi haqida bitilgan she’r, hikoya va ijodiy insholari bilan qatnashishi mumkin. Tanlov g‘oliblari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Ijodiy ishlar quyidagi elektron manzillarga joriy yilning 25 yanvariga qadar jo‘natilishi kerak:

Email: info@natlib.uz
Telegram: @JavlonJovliyev

Batafsil SHU YERDA tanishing.

Grantlar telegram kanaliga qo’shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo’lib, xabardor bo’ling!