O‘zbekistonda Xalqaro fotosuratlar tanlovi e’lon qilindi O‘zbekistonda Xalqaro fotosuratlar tanlovi e’lon qilindi
Qayerda: O‘zbekiston Kim uchun: Professional va havaskor bo‘lgan barcha fotograf (suratkash) lar uchun Hujjat va suratlarni topshirish muddati: 2017-yilning 15-avgustigacha Umumiy ma’lumot: O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi,... O‘zbekistonda Xalqaro fotosuratlar tanlovi e’lon qilindi

Qayerda: O‘zbekiston

Kim uchun: Professional va havaskor bo‘lgan barcha fotograf (suratkash) lar uchun

Hujjat va suratlarni topshirish muddati: 2017-yilning 15-avgustigacha

Umumiy ma’lumot:

O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi, Ozon qatlamini himoya qilish masalalari yuzasidan dunyo hamjamiyati xabardorligi va agohliginioshirish, shuningdek atrof muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishni rag‘batlantirish maqsadida Xalqaro fotosuratlar tanlovi e’lon qilindi.

Tanlov yo‘nalishlari:

Tanlov quyidagi ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi:

  1. Iqlim o‘zgarishi mening nigohimda.
  2. Ozon qatlami va men.

Bitta ishtirokchi har bir yo‘nalishga faqat bittadan fotosurat topshirishi mumkin.

«Iqlim o‘zgarishi mening nigohimda» yo‘nalishidagi fotosuratlarda quyidagilar aks ettirilishi mumkin:

  • iqlim o‘zgarishining belgilari, natijalari;
  • iqlim o‘zgarishiga moslashish (adaptatsiya);
  • iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlarini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar va shu kabi boshqa holat/manzaralar.

«Ozon qatlami va men» yo‘nalishidagi fotosuratlarda quyidagilar aks ettirilishi mumkin:

  • Ozon qatlamining Yerdagi hayotga ta’siri;
  • Ozon qatlamini asrashga qaratilgan chora-tadborlar va shu kabi boshqa holat/manzaralar.

Har bir surat ingliz tilida to‘ldirilgan ariza bilan birga topshirilishi hamda suratlar uchun qo‘yilgan talablarga mos tushishi lozim (talablar arizada keltirilgan). Arizani SHU YERDAN yuklab olishingiz mumkin. Ariza va fotosuratlar info@envcontest.uz email adresiga yuboriladi.

Tanlov bosqichlari:

Tanlov fotosuratlar soniga qarab 2 yoki 3 bosqichda amalga oshirilishi mumkin:

1-bosqich. Agar umumiy qabul qilingan fotosurarlar soni 100 tadan oshib ketsa, turli davlatlardan taklif etilgan ekspertlar tanlovning keyingi bosqichida qatnashishi mumkin bo‘lgan 100 ta suratni (har bir yo‘nalishdan 50 tadan) tanlab beradi. Qabul qilingan fotosuratlar soni 100ta va undan kam bo‘lsa, ushbu bosqich amalga oshirilmaydi.

2-bosqich. Ushbu bosqichda http://envcontest.uz/saytida onlayn ovoz berish amalga oshiriladi va har bir yo‘nalishdan 10 tadan (jami 20 ta) eng ko‘p ovoz olgan fotosuratlar keyingi bosqich uchun ajratib olinadi. Ovoz berish, millati, fuqaroligi, davlati va shu kabi boshqa xususiyatlaridan qat’i nazar, barcha uchun ochiq hisoblanadi va saytga tashrif buyuruvchi har qanday foydalanuvchi/mehmon yoqtirgan fotosuratiga ovoz berishi mumkin bo‘ladi.

3-bosqich. Ikkinchi bosqichda eng yuqori ovoz olgan 20 ta surat turli mamlakat ekspertlari tomonidan baholanadi va har bir yo‘nalish bo‘yicha 3 tadan g‘oliblar aniqlanadi.

Mukofotlar:

«Iqlim o‘zgarishi mening nigohimda» yo‘nalishi g‘oliblari uchun mukofotlar:

1-o‘rin – fotoapparat.
2-o‘rin – planshet.
3-o‘rin – telefon.

«Ozon qatlami va men» yo‘nalishi g‘oliblari uchun mukofotlar:

1-o‘rin – fotoapparat.
2-o‘rin – planshet.
3-o‘rin – telefon.

Shuningdek, «Ayollar va Ozon qatlami» maxsus nominatsiyasi g‘olibi BMT ning Istanbuldagi hududiy byurosi tomonidan maxsus sovrin bilan taqdirlanadi.

G‘oliblarni e’lon qilish:

2017-yilning 11-sentabrida Toshkentda 3-bosqichga o‘tgan 20 ta fotosurat namoyishi bo‘lib o‘tadi hamda ushbu namoyish ochilishida g‘oliblar e’lon qilinadi. Ushbu namoyish qayerda amalga oshirilishi 2017-yilning 1-sentabrida http://envcontest.uz/ saytida ma’lum qilinadi.

Batafsil SHU YERDA tanishing.

Grantlar telegram kanaliga qo‘shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Fikr yo`q.

Birinchi bo'lib fikr bildiring.