O‘zbekistondagi Britaniya elchixonasi Chevening stipendiya dasturi uchun hujjatlarni qabul qilishni boshladi O‘zbekistondagi Britaniya elchixonasi Chevening stipendiya dasturi uchun hujjatlarni qabul qilishni boshladi
Qayerda: Buyuk Britaniya Kim uchun: Bakalavr diplomiga va 2 yillik ish stajiga ega fuqarolar uchun Hujjat topshirish muddati: 2017-yilning 7-noyabrigacha Umumiy ma’lumot: Chevening dasturi Buyuk... O‘zbekistondagi Britaniya elchixonasi Chevening stipendiya dasturi uchun hujjatlarni qabul qilishni boshladi

Qayerda: Buyuk Britaniya

Kim uchun: Bakalavr diplomiga va 2 yillik ish stajiga ega fuqarolar uchun

Hujjat topshirish muddati: 2017-yilning 7-noyabrigacha

Umumiy ma’lumot:

Chevening dasturi Buyuk britaniyda bir yil magistratura dasturida o‘qish imkoniyatini beradi. Dastur kelajak liderlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, nomzodlar Buyuk Britaniya universitetlarida o‘qib, o‘z sohalari bo‘yicha yetakchilarga aylanish uchun bilim va ko‘nikmalar olishadi.

Kim uchun:

  • O‘zbekiston fuqarosi va dastur tugagandan so‘ng o‘z davlatiga qaytish niyatida bo‘lgan;
  • Bakalavr diplomiga ega;
  • Kamida ikki yil ish tajribasiga ega (tajriba volontyorlik, maoshli yoki maoshsiz amaliyot bo’lishi ham mumkin);
  • Ingliz tilini yaxshi biladigan – IELTS dan kamida 6.5 yoki TOEFL iBT dan kamdia 79 ballga ega;
  • Muqaddam Buyuk Britaniyada o‘qimagan yoki Buyuk Britaniya homiylik qilgan dasturda ishtirok etmagan nomzodlar hujjat topshirishi mumkin.

Grant miqdori:

Dastur bilan bog‘liq barcha xarajatlar (kontrakt puli – tuition fee, oylik stipendiya, joylashish xarajatlari) dastur tomonidan to‘liq qoplanadi.

Kerakli hujjatlar va ularni topshirish jarayoni bilan SHU YERDA tanishishingiz mumkin

Hujjat topshirish bosqichidan o‘tgan nomzodlar O‘zbekistondagi Britaniya elchixonasida suhbatdan o‘tadi. Suhbatlar 2018-yilning 5-martidan 2-mayigacha  bo‘lib o‘tadi.

Dasturga qabul qilingan nomzodlar 2018-2019-o‘quv yilida o‘zlari tanlagan universitetda magistrlik bosqichida o‘qish imkonini qo‘lga kiritadi. O‘qish 2018-yilning kuzidan boshlanadi.

Batafsil SHU YERDA tanishing.

Grantlar telegram kanaliga qo‘shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Fikr yo`q.

Birinchi bo'lib fikr bildiring.